O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
Ushbu 5 tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.
Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.
Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazida Xazorasp tumanining yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslarini, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilangan.
Manba: Axborot xizmati