Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    23.09.2020

    O‘zbek IT tadbirkorlari IT Expo 2020 xalqaro onlayn ko‘rgazmada ishtirok etishi mumkin

     

    IT Expo 2020” xalqaro ko‘rgazmasi joriy yilning 8-oktabr kuni o‘tkaziladi va Moskva vaqti bilan soat 9.00 dan (Toshkent vaqti bilan 11.00) boshlanadi.

    Ko‘rgazma doirasida axborot xavfsizligi, IT infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ekspertlarning ma’ruzalarini tinglash, o‘zaro fikr almashish ko‘zda tutilgan.

    Tadbirda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi:

     

    Huawei “Raqamli Toshkent” loyihasida ishtirok etishi mumkin

    Toshkent shahar hokimligi mutasaddi vakillari Huawei Uzbekistan rahbariyati bilan muzokara oʻtkazib, avval joriy etilgan tizimlarni inobatga olgan holda, shahar boshqaruviga doir intellektual tizimlarni istiqbolda tatbiq etishning eng maqbul variantlarini ko‘ib chiqishdi.

    Poytaxt hokimligi vakillari shaharda harakat nazorati va boshqaruvini taʼminlash, shuningdek, tigʻiz paytda yoʻllardagi tirbandlikni kamaytirishga qodir shahardagi xavfsiz va intellektual harakat uchun moʻljallangan texnologik yechimlar bilan tanishishdi.

    Shu bilan birga, shaharni boshqarishda katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilishga oid imkoniyatlar namoyish qilindi.

     

    AIM Startups Virtual Pitch Competition tanlovining milliy bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni amalga oshirilmoqda

    AIM Startups Virtual Pitch Competition katta salohiyatga ega startaplarni izlashga qaratilgan bo‘lib, 100 dan ortiq davlatlarda o‘tkaziladi. Milliy bosqich g‘oliblari tanlov finalida qatnashish va tanlovning bosh sovrini – 50 ming  AQSh dollarini qo‘lga kiritishlari mumkin.

    COVID-19 pandemiyasi sababli global vaziyatdan kelib chiqib, mazkur tanlov onlayn formatda o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonda AIM Startups Virtual Pitch Competition tanlovining milliy bosqichi 29-sentabr kuni ingliz tilida o‘tkaziladi.

    Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu sayt orqali tanishish mumkin: https://www.aimcongress.com/roadshow

    Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://www.aimcongress.com/roadshow/Profile/Register

     

    HUMO va Visa birgalikda kartalarni ishlab chiqaradi

    Milliy banklararo protsessing markazi va VISA xalqaro to‘lov tizimi Visa-HUMO kobeidjing kartalarni ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. Shartnomaga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari qatoriga VISA xalqaro to‘lov tizimi bilan ishlaydigan O‘zbekistonning barcha banklari kiritilgan.

    Mazkur kartalar Visa Classic kartasi asosida plastik va virtual karta hamda raqamli mahsulotlar formatida ishlab chiqariladi. Xizmat ko‘rsatish uchun tariflar va qo‘shimcha imkoniyatlar bank tomonidan belgilanib boriladi.

     

    2030 yilgacha biometrik pasportlar o‘rniga ID kartalarni joriy etilishi rejalashtirilgan

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan 2021-yildan boshlab biometrik pasportlar o‘rniga identifikatsiya ID-kartalar beriladi.

    Birinchi bosqichda 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra pasportlar o‘rniga identifikatsiya ID-kartalarni ixtiyoriylik asosida almashtirishi belgilangan. Ikkinchi bosqichda 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha biometrik pasportlar identifikatsiya ID-kartalarga majburiy tartibda almashtiriladi.

    Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati