Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    18.09.2020

    Huawei o‘z Internet qidiruv tizimini yo‘lga qo‘ydi

    Xitoyning  Huawei kompaniyasi rasman o‘z Internet qidiruv tizimi ishga tushirilganini ma’lum qildi

    Mazkur qidiruv tizimi Huawei mobil moslamalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida matn, grafik, audio va videokontentni izlash mumkin. Hozirgi kunda ushbu qidiruv tizimi 170 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan bo‘lib, 50 dan ortiq tilda olib boriladi.

     

    Apple iOS 14.2 operatsion tizimiga musiqani aniqlab topishga yordam beradigan Shazam servisini joriy qildi

    Apple kompaniyasi iOS 14.2 operatsion tizimining sinov versiyasini namoyish qildi va unda musiqani aniqlab topishga yordam beradigan Shazam servisini joriy qilinishi eng muhim yangiliklaridan biri deb qayd etildi

    Endilikda iOS foydalanuvchilari alohida ilova o‘rnatmasdan, musiqani aniqlab topishlari mumkin. Mazkur funksiyani ishga tushirish uchun menyuning “Boshqaruvning  qo‘shimcha elementlari”da kerakli parametrni faollashtirish kerak. IOS 14.2 operatsion tizimining  beta versiyasida boshqa yangiliklar ham taqdim etilishi kutilmoqda.

     

    YouTube o‘zining “TikTok analogi” – Shorts nomli servisini taqdim etdi

    YouTube o‘z mahsulotini - qisqa videoroliklar uchun mo‘ljallangan Shorts nomli servisini taqdim etdi. Bugungi kunda mazkur servis Hindiston bozorida sinovdan o‘tmoqda

    Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, mazkur servis mahsulotning dastlabki versiyasi bo‘lib, foydalanuvchilarning fikr va xulosalarini o‘rganish va  kerakli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida ommaga chiqarilgan.

    Kompaniyaning  xabar qilishicha, yaqin orada servis ustidan yana ish olib boriladi va unda yangi funksiya va imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

     

    2020 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra iPhone 11 sotuvlar hajmi bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etdi

    Omdia tahliliy-tadqiqot kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2020 yil birinchi yarmida 37,7 mln. dona iPhone 11 smartfonlarini sotgan

    iPhone 11 dan tashqari sotuv natijalari bo‘yicha yuqori beshtalikka Galaxy A51 – 11,4 mln. donaRedmi Note 8 - 11 mln. donaRedmi Note 8 Pro – 10,2mln. dona va Apple ning yana bir smartfoni – 8,7 mln. dona bilan sotilgan

     

    Instagramga giperhavolani integratsiyalashuvi pullik bo‘lishi mumkin

    Protocol portal ma’lumotlariga ko‘ra Instagram kompaniyasi o‘z platformasida pullik funksiyani, ya’ni giperhavolani postga (matnga) $2 narxi bilan joriy qilishi mo‘ljallamoqda.

    Ma’lumki, hozirda Instagramda postga “faol” havolani joylashtirishga cheklov qo‘yilgan. Agarda akkaunt verifikatsiyadan o‘tgan yoki unga eng kamida 10 mingta obunachilarga ega bo‘lsa, unda rasmiy ravishda “stories” ga havolani joylashtirish imkoni bor.

     

    Manba: Axborot xizmati