Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga kirish onlayn imtihonlarning ikkinchi bosqichi boshlandi
    05.10.2020

    2020 yil 5 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun kirish onlayn imtihonlarning ikkinchi bosqichi boshlandi.

    Ikkinchi bosqichga muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Zoom dasturi orqali onlayn suhbatda ishtirok etadilar. 5-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbatlar 5-6 oktabr kunlari o‘tkazilmoqda. 6-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbatlar 7 oktabr kuni, 7-sinf o‘quvchilari uchun 8 oktabr kuni va 8-9-sinf o‘quvchilari uchun 9 oktabr kuni o‘tkaziladi.

    Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkaziladi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol ishlanadi.

    Manba: Axborot xizmati