Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity Universiteti va UZINFOCOM Yagona integratori o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
    14.09.2020

    Toshkent shahridagi Amity Universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi UZINFOCOM Yagona integratori o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzonlandi.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu hujjat keng va ko‘p qirrali ixtisoslikdagi mutaxassislarni, ya’ni dasturchidan boshlab ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) boshqaruvchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Shuningdek,memorandum asosida yaxshi natijalarga ega bo‘lgan talabalarni malaka oshirishlarini ta’minlash va ta’lim olish bosqichida ham mehnat shartnomalari tuzish ko‘zda tutilgan.

    Bundan tashqari, UZINFOCOM xodimlarini Universitetda tashkil etiladigan jahon miqyosidagi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarning mahorat darslari va taqdimotlarida ishtirok etishlari, malaka oshirishlarini ta’minlash ham rejalashtirilgan.

    AMITY universiteti Hindistonda IT sohasidagi yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Toshkentdagi Amity universiteti dasturi asosiy to‘rt yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarga ta’lim berishga mo‘ljallangan: Engineering (Computer science and Engineering), Arts (Economics), Technical (IT) va Management (MBA).

    Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha UZINFOCOM Yagona integratori 2002 yilda tashkil qilingan. Elektron hukumat markazi operatori hisoblanib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (YaIDXP) yuritadi va ko‘plab hukumat veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati