Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qarshi shahrida zamonaviy IT markazi ochildi
    31.08.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 31 avgust kuni Qarshi shahrida  shunday zamonaviy IT markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o’rinbosari Bahromjon Olmatov ishtirok etdi.

    Bundan tashqari, Qarshi shahridagi IT markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va tuman yoshlari ishtirok etdilar.

    Mazkur markazda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

    Mazkur IT markazning ochilishi ushbu tumanlar yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bayram sovg‘asi bo‘ldi.

    Manba: Axborot xizmati