Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amiti universitetida Jahon Banki bilan hamkorlikda vebinar o‘tkazildi
    22.06.2020

    Toshkentdagi Amiti Universitetida Jahon banki bilan birgalikda "COVID-19" pandemiyasiga qarshi butun dunyoda va O‘zbekistondagi choralar" mavzusida vebinar tashkil etildi.

    Jahon banki-rivojlanayotgan mamlakatlar uchun moliyalashtirish va bilimlarning eng katta manbalaridan biri bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga yordam berish uchun keng va tezkor choralar ko‘rmoqda.

    Vebinarda ishtirok etgan Jahon bankining xalqaro ekspertlari, BMTning Taraqqiyot dasturi vakillari, yurtimizdagi qator davlat idoralari mutaxassislari dunyoda davom etayotgan COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalar berayotgani xususida to‘xtalib o‘tdilar.

    Vebinar doirasida dunyo bo‘ylab ochiq ma’lumotlarga asoslangan COVID-19 pandemiyasiga qarshi choralar muhokama qilindi va ushbu mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta loyihaning taqdimoti o‘tkazildi.