Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab o’quvchilari birinchi marotaba xalqaro texnologiya musobaqasining yarim finalida O’zbekiston nomidan ishtirok etadilar!
    19.06.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3 yo‘nalishi-aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda. 

    Bu yo‘nalishdagi ishlarning samarasi natijasidaTechnovation Girls xalqaro tanlovida O’zbekistonning 29 ta jamoasidan 5 nafari yarim finalga yo’llanma olishdi. Ulardan ikkitasi (Junior devision) – Mizash va Origami jamoalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabning o’quvchilaridan tarkib topgan. Mizash guruhining qizlari autizmli bolalarning rivojlanishiga yordam beradigan integratsiyalashgan ABA-terapiyasi bilan mobil o’yin ishlab chiqdilar. Origami jamoasi esa bolalarni kiberbullingni oldini olish uchun RoundEx dasturini ishlab chiqdilar.

    Biz qizlarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz va xalqaro maydonlarda ularga omad tilaymiz!