Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mahalliy va xorijiy oliygohlar bitiruvchilari uchun onlayn uchrashuv o‘tkazadi
    15.06.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabi “Raqamli Avlod O'zbekiston” (Digital Generation Uzbekistan) jamoasi bilan hamkorlikda    15-20 iyun kunlari bitiruvchilar uchun O'zbekiston va xorijiy eng nufuzli universitetlar bilan birgalikda onlayn uchrashuv tashkil qilmoqda.

    Onlayn suhbatda ishtirok etayotgan oliygohlar qatorida:

    • Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti;
    • Janubiy Koreyadagi INHA Univesiteti;
    • Toshkent shahridagi INHA Universiteti;
    • Toshken shahridagi Amity Universiteti;
    • Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti;
    • Toshkent shahridagi Vebster Universiteti.

    Onlayn uchrashuv Raqamli Avlod O'zbekiston (Digital Generation Uzbekistan) jamoasining YouTube rasmiy kanalida jonli efirga uzatiladi. Bunda bitiruvchi va barcha qiziquvchilar universitetlar vakillaridan o'zlarini qiziqtirayotgan savollariga batafsil javob olishlari mumkin.

    Raqamli Avlod O'zbekiston (Digital Generation Uzbekistan) jamoasining YouTube rasmiy kanaliga havolahttps://www.youtube.com/channel/UCsiHXW4o5oOe135IHc8q7TQ/featured