Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi amalda
    10.06.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga o‘z Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi kelgusi yillarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

    O‘zbekistonda 2020 yil Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

    Shu yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.

    Ushbu qarorning bajarilishi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8 iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

    Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.

    Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda “Bir million o‘zbek dasturchilar” loyihasini ishga tushirgandi.

    Bugungi kunda “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib boriladi.

    Unda eng mashhur to‘rtta talabgor mutaxassisliklar bo‘yicha bepul video kurslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan ma’lumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish.

    Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan “Bir million dasturchilar” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, xususan:

    - aholi o‘rtasida loyihani yoritish va raqamli ko‘nikmalarni targ‘ib qilish maqsadida reklama kampaniyasi (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn maktab teledarsliklarida hamda radioda) ish boshladi;

    - loyiha doirasida bugungi kunda 62 mingdan ortiq o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tib, 5,4 ming nafar o‘quvchilar bitiruvchi sertifikatni oldi;

    - “Bir million dasturchilar” loyihasi ZIYONET ta’lim portali, UZMOBILE mobil aloqa operatori va UZONLINE internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi;

    - Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitish joriy etilmoqda.

    Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2020 yil 8 maydagi 53-son bayoniga muvofiq uzbekcoders.uz portali orqali:

    2020/2021 o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlari talabalarini hamda umumt’alim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

     Unga muvofiq:

    Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni uzbekcoders.uz portali orqali tashkil etishning 2020/2021 o‘quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o‘quvchilari o‘qitilishi rejalishtirilgan.

    Oliy o‘quv yurtlari talabalarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni uzbekcoders.uz portali orqali tashkil etishning 2020/2021 o‘quv yilida 44 ta oliy ta’lim muassasalarining 54 mingdan ortiq talabari o‘qitilishi rejalashtirilgan .
    2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumta’lim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchilar” loyihasi doirasidagi dasturlash yo‘nalishlari mavzularini kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

    “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi.

    Joriy yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021 yilning birinchi yarmida yana 150 mingta o‘quvchini o‘qitish, talabalarning dasturiy ta’minot bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi. 5-sinfdan o‘qitib kelinayotgan “Informatika” fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga “Bir million o'zbek dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yo‘g‘i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda.

    Shu bois “Elektron o‘qitish dasturi” orqali o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.

    Misol uchun, bugungi kunda kambag‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish  masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak.

    IT-infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochish rejalashtirilmoqda.. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

    Bugungi kunda, soha mutaxassislariga sharoit yaratish masalalariga ham e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. Andijon va Marg‘ilon shaharlarida mazkur IT parkning filiallari tashkil qilindi.

    Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda.

    Joriy yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida shunday filiallar tashkil etish rejalashtirilgan.