Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” ochildi
    02.06.2020

             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.
             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida “axborot texnologiyalarini rivojlantirish markaz”larini tashkil etishni davom ettirmoqda.

             1 iyun — “Halqaro bolalarni himoya qilish kuni” doirasida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida navbatdagi “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

             Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati va Sayxunobod tuman hokimliklari, IT-Park mas’ul xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxona va tashkilotlari vakillari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

             Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazi yoshlarimizga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etiladi. Farzandlarimizni 3 yosh turkumida, ya’ni 9-15, 16-19 hamda 20-25 yoshda, bosqichma-bosqich axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilg‘or mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilib belgilandi.

             Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.