Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasining o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi
    30.09.2020

       Muhtaram ustoz va murabbiylar!

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor etadi.

    Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va murabbiylarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz.

    Haqiqatan ham ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

    Dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib boradigan, o‘ta murakkab bir davrda yashaydigan bolalarimizni kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.

    Bugun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli O‘zbekiston yoshlari turli sohalarda o‘z bilim va salohiyatini nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham yaqqol namoyon etib, Vatanimiz shuhratini butun dunyoga tarannum etmoqda.

    Yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlar “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak” degan g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda.

    Eng muhimi, o‘qituvchi chinakam vatanparvar inson bo‘lishi zarur. Qalbida o‘z kasbiga, Vataniga mehr va sadoqati kuchli bo‘lgan o‘qituvchigina haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalay oladi.

    Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini Sizga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan Siz kabi fidoyi insonlar – kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

    Sizlarni Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli, shu bilan birga, ota masuliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

     

     

    Manba: Axborot xizmati