Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Digital city” Andijon yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi
    22.05.2020

    Yaqindagina 5,6 gektar maydonda qurib bitkazilgan, 4 kavatli 3,5 ming kv.m. ni tashkil etadigan ushbu majmua axborot texnologiyalari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.  Hozirgi kunda bu yerga tumanlardan 328 nafar mutaxassis jalb etilgan.

    Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi, data-sentr, konferens-zal, kutubxona, innovatsion laboratoriya va o‘quv xonalari, biznes-inkubator, mediamarkaz, kibersport xonasi tashkil etilgan.

    Texnopark 50 dan ortiq yangi axborot texnologiyalari sohasida xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur texnoparkda korxonalarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, hamda ofis maydonlari taqdim etilib, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

    Bu yerda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish hamda viloyatdagi 7447 ta fermer xo‘jaliklarining 181 ming gektarda joylashgan ekinlar holatini sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida monitoring qilish orqali yer egalariga tegishli hulosalar beriladi.

    Texnopark rezidentlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Texnopark rezidentlari tomonidan viloyatdagi Andijon davlat universiteti, Qishloq xo‘jalik instituti hamda Mashinasozlik instituti talabalari uchun turli xil amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya darslari o‘tkaziladi.

    Ma’lumot uchun:

    Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022 yil yakuniga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishga ko‘zda tutilgan:

    • 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda 120 ta masofadan IT-xizmatlarini ko‘rsatuvchi frilanserlar paydo bo‘ladi;
    • raqamli texnologiyalar va dasturlash asoslari bo‘yicha 40 mingdan ortiq talaba va yoshlar o‘qitiladi;

    • 50 ta IT-yo‘nalishida moliya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, elektron tijorat, mashinasozlik sohalariga yo‘naltirilgan startap-loyihalar amalga oshiriladi;
    • 500 dan ortiq yoshlar bilan dasturlash, robototexnika, 3D arxitektura, kibersport yo‘nalishida amaliyot o‘tiladi;

    • 1,5 mingdan ortiq davlat tashkilotlari hodimlari axborot texnologiyalari sohasida malakalarini oshiradi.

     IT-sohasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi korxonalar tomonidan:
    Andijon viloyatining qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank hamda boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hamda Hindiston (STPI), Belarus (PVT), Rossiya (Skolkovo) davlatlarining texnoparklari hamda AQShdagi IT-Park vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan holda 2022 yilda umumiy xizmatlar xajmi 50 milliard so‘mga yetkaziladi.

    Ta’kidlash lozimki, axborot texnologiyalari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan Digital City loyihasi mohiyatiga ko‘ra, Toshkentdagi IT-parkdan so‘ng tashkil etilgan ikkinchi, viloyatlar miqyosida esa birinchidir.

     

    Manba: Axborot xizmati