Huawei o‘z Internet qidiruv tizimini yo‘lga qo‘ydi
Xitoyning Huawei kompaniyasi rasman o‘z Internet qidiruv tizimi ishga tushirilganini ma’lum qildi.
Mazkur qidiruv tizimi Huawei mobil moslamalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning yordamida matn, grafik, audio va videokontentni izlash mumkin. Hozirgi kunda ushbu qidiruv tizimi 170 dan ortiq mamlakatlarni qamrab olgan bo‘lib, 50 dan ortiq tilda olib boriladi.
Apple iOS 14.2 operatsion tizimiga musiqani aniqlab topishga yordam beradigan Shazam servisini joriy qildi
Apple kompaniyasi iOS 14.2 operatsion tizimining sinov versiyasini namoyish qildi va unda musiqani aniqlab topishga yordam beradigan Shazam servisini joriy qilinishi eng muhim yangiliklaridan biri deb qayd etildi.
Endilikda iOS foydalanuvchilari alohida ilova o‘rnatmasdan, musiqani aniqlab topishlari mumkin. Mazkur funksiyani ishga tushirish uchun menyuning “Boshqaruvning qo‘shimcha elementlari”da kerakli parametrni faollashtirish kerak. IOS 14.2 operatsion tizimining beta versiyasida boshqa yangiliklar ham taqdim etilishi kutilmoqda.
YouTube o‘zining “TikTok analogi” – Shorts nomli servisini taqdim etdi
YouTube o‘z mahsulotini - qisqa videoroliklar uchun mo‘ljallangan Shorts nomli servisini taqdim etdi. Bugungi kunda mazkur servis Hindiston bozorida sinovdan o‘tmoqda.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, mazkur servis mahsulotning dastlabki versiyasi bo‘lib, foydalanuvchilarning fikr va xulosalarini o‘rganish va kerakli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida ommaga chiqarilgan.
Kompaniyaning xabar qilishicha, yaqin orada servis ustidan yana ish olib boriladi va unda yangi funksiya va imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
2020 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra iPhone 11 sotuvlar hajmi bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etdi
Omdia tahliliy-tadqiqot kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2020 yil birinchi yarmida 37,7 mln. dona iPhone 11 smartfonlarini sotgan.
iPhone 11 dan tashqari sotuv natijalari bo‘yicha yuqori beshtalikka Galaxy A51 – 11,4 mln. dona, Redmi Note 8 - 11 mln. dona, Redmi Note 8 Pro – 10,2mln. dona va Apple ning yana bir smartfoni – 8,7 mln. dona bilan sotilgan
Instagramga giperhavolani integratsiyalashuvi pullik bo‘lishi mumkin
Protocol portal ma’lumotlariga ko‘ra Instagram kompaniyasi o‘z platformasida pullik funksiyani, ya’ni giperhavolani postga (matnga) $2 narxi bilan joriy qilishi mo‘ljallamoqda.
Ma’lumki, hozirda Instagramda postga “faol” havolani joylashtirishga cheklov qo‘yilgan. Agarda akkaunt verifikatsiyadan o‘tgan yoki unga eng kamida 10 mingta obunachilarga ega bo‘lsa, unda rasmiy ravishda “stories” ga havolani joylashtirish imkoni bor.
Manba: Axborot xizmati