Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul va imtihon jarayoniga xorijiy ekspertlar ham jalb qilingan
    16.09.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020-2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish uchun hujjatlar 2020 yil 10 sentyabr kuni soat 08-00 dan 20 sentyabr kuni soat 24-00 gacha maktabning ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilinmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabiga 2020-2021 o‘quv yiliga hujjatlarni qabul kilish va imtihon jarayoniga Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining, o‘qituvchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlar ham jalb qilingan.
    Bu yil kvota bo‘yicha 5-sinfga 120, 6-sinfga 60, 7-sinfga 60, 8-sinfga 60, 9-sinfga 30, jami 330 nafar o‘quvchi tanlov asosida saralab olinadi.

    2020 yil 10 sentyabr kunidan boshlab, ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli Call-center tashkil etildi.
     

    Manba: Axborot xizmati