eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    10.09.2020

    Internet foydalanuvchilari o‘rtasida Windows 10 operatsion tizimining ulushi 60% ni taskil etdi

    Dunyo bo‘yicha Internet foydalanuvchilarning faolligini o‘rganuvchi NetMarketShare kompaniyasi tadqiqotlari   natijalariga ko‘ra 2020-yil avgust oyida Windows 10  60,57%  shaxsiy kompyuterlarda o‘rnatilgan edi. Windows 7 ning ulushi 22,31% ni, va Windows 8.1 ning ulushi esa 3,48% ni tashkil etdi.

    NetMarketShare hisobotlariga ko‘ra Mac OS X 10.15 ulushi 2020-yil avgust oyida 3,5% ga, Mac OS X 10.14 ulushi 2,7% ga va Mac OS X 10.13 ulushi 1,5%ga teng bo‘ldi. 19 yil oldin keng ommaga taqdim etilgan Windows XP ning ulushi 1,2% ga teng bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatqich Windows 8 (0,5%), ChromeOS (0,4%) va Windows Vistadan (0,1%) yuqori.

    Chrome 85 brauzerida reklamani bloklash funksiyasi paydo bo‘ldi

    Google kompaniyasi ixtirochilari tomonidan yangi funksiya - Chrome 85 ni test sinovidan o‘tkazish boshlandi. Mazkur funksiya ko‘p trafikni talab etadigan va tizimga katta ta’sir ko‘rsatadigan reklamani bloklashga yordam beradi. Hozirgi kunda mazkur funksiya cheklangan foydalanuvchilar tomonidan ishlatilmoqda, test sinovlaridan so‘ng keng ommaga taqdim etiladi.

    Apple Singapurda o‘zining birinchi suvusti do‘konini ochdi

    Bugun 10 sentyabr kuni Apple kompaniyasi Singapurda o‘zining birinchi suvusti do‘konini ochdi.

    Yangi savdo do‘koni Marina Bay qirg‘og‘idagi mehmonxona va Marina Bay Sands kazinosi yonida joylashgan. Dumaloq shishali gumbazsimon ko‘rinishga ega  do‘kon 114 ta shisha qismlardan iborat.

    Mazkur do‘konga tashrif buyurganlar nafaqat Apple kompaniyasining yangi mahsulotlarini xarid qilishi, balki dumaloq shishali binoning ichida turib, shaharni tomosha qilib ham  zavqlanishlari mumkin. Kechasi esa do‘kon an’anaviy Xitoy chiroqlarini eslatadigan yoritgichlar bilan nur taratadi.

    Bundan tashqari mazkur do‘konda suv ostida joylashgan konferens zali ham mavjud. Mazkur zaldan Apple jamoasi ixtirochilari boshqa kompaniya vakillari bilan uchrashuvlarda foydalaniladi.

     

    Instagramdagi “stories” larni endi Facebookda ham ko‘rish mumkin

    Facebook kompaniyasi ixtirochilari foydalanuvchilar uchun Instagramda mavjud bo‘lgan “stories” larni Facebookda ko‘rishga imkon beradigan yangi funksiyani test sinovidan o‘tkazmoqda.

    Mazkur funksiya Isntagramdagi “stories”larni Facebook’da bo‘lgan a’zolari uchun ko‘rishga imkon yaratadi. Ammo ushbu inkoniyatga ega bo‘lish uchun Facebook va Instagramdagi mavjud bo‘lgan akkauntlarni birlashtirish kerak. Sizning Instagram akkauntingizga a’zo bo‘lmaganlar Facebookda “stories”larni ko‘rolmaydi. O‘z navbatida, Instagram va Facebook akkauntlaringizga a’zo bo‘lganlar ijtimoiy tarmoqdan chiqmagan holda “stories’ larni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

    Xitoyda hammabop mahalliy elektromobil savdo natijalari bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd  etdi

    Amerikaning  GM kompaniyasi, Xitoyning AIC Motor Corp va SGMW qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan Hongguang MINI EV nomli elektrаvtomobil avgust oyi natijalari bo‘yicha Xitoy elektromobil bozorida eng yahshi natijalarni ko‘rsatdi. O‘tgan oy 15 ming dona Hongguang MINI EV elektromobil sotildi. Tesla Model 3 elektromobilning savdo natijalari esa 11,8 ming donani tashkil etdi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati