Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    07.09.2020

    O'zaro memorandum imzolandi

    Toshkent shaxridagi Inha universiteti va O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.

    Kelishuv doirasida tomonlar birgalikdagi maqsad va vazifalarni belgilab olishdi. Unda axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi xalqaro aloqalari sohasida yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha hamkorlik, ta'lim sohasidagi  ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, konferentsiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni  hamkorlikda  o'tkazish va hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari borasida ilmiy, o'quv va uslubiy qo'llanmalarni nashr etishga kelishildi.

     

    IT sohasidagi tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslar tashkil etiladi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) IT tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslari o‘tkaziladi.⠀ 

    Mazkur onlayn kurslar 14-sentabrdan boshlanib, Zoom platformasida onlayn tartibda olib boriladi. Mazkur kurs 12 ta mashg‘ulotdan tashkil topgan va o‘zbek tilida olib boriladi.⠀

    Kursga qatnamoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz  shart: https://epark.uz/courses/10/landing

     

    O‘zbekiston yoshlari uchun Technoways texnologik marafoni o‘tkaziladi

    Mazkur marafon o‘quvchi, talabalar, tadqiqotchilar hamda ilmga chanqoq iqtidorli yoshlar innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo‘yicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Technoways texnologik rivojlanish marafoniga ishtirok etishlari mumkin.

    Marafon doirasida ishtirokchilar seminar treninglarda qatnashib, o‘z loyihalarini yaratadi. Ular jamoalarga bo‘linib, har bir jamoaga mentorlar biriktiriladi.

    Technoways texnologik marafon 15-30 sentyabr kunlari o‘tkaziladi va o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

    Marafonda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: www.technoways.uz

     

    Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari belgilandi

    Joriy yil 4 seyntyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  Qarori  qabul qilindi. Unga ko‘ra 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga mufofiq quydagi choralarni amalga oshirishi ko‘zda tutilgan:

    • 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish boʻyicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;
    • 2021-yil 1-iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar oʻrtasida avtomatik ravishda taqsimlash;
    • 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;
    • 2022-yil 1-yanvardan boshlab sud qarorlarini ish boʻyicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi boʻyicha esa qogʻoz shaklida taqdim etish;
    • 2022-yil 1-iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
    • 2023-yil 1-yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;
    • sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yana-da yaxshilash.

    Mazkur hujjat bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

     

    Davlat soliq qo‘mitasi “Soliq hamkor”nomli masofaviy jamoatchilik nazorati tizimini joriy etdi

    Soliq hamkor” («Налоговый партнёр») deb nomlangan mazkur axborot tizimi yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda fuqarolarni Davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikka chorlaydi.

    “Soliq hamkor” tizimi orqali hamkor soliq to‘lovchi, soliq agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan Davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.

    “Soliq hamkor” axborot tizimi bir necha yo‘nalishda soliq organlari bilan masofadan turib hamkorlik qilish imkoniyatini taqdim etadi. Jumladan, “Soliq” mobil ilovasiga “Soliq hamkori” bo‘limi qo‘shildi. Ilova soliqqa oid huquqbuzarlik xabarini qulay, tez va oson yuborish imkonini beradi. Hamkorlikni @soliq_hamkor_bot telegram boti va Elektron soliq xizmatlari portali – https://my.soliq.uz orqali ham amalga oshirish mumkin.

    Buning afzalligi shundaki, murojaat qilgan har bir fuqaro o‘z murojaati holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati