Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi va jamoat Wi-Fi zonalari tashkil etildi
    07.09.2020

    “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali 222-ATSda uskunalarni modernizatsiyalash munosabati bilan, Samarqand shahrining Beklar va Nayman mahallalari aholisi uchun yangi texnologiyalar bo‘yicha abonentlarni ulash yuzasidan telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi. Samarqand viloyati Jomboy, Nurobod va Qo‘shrobod tumanlari aholisi uchun yangi jamoat Wi-Fi zonalari foydalanishga topshirildi.

    Sayyor savdo davomida fuqarolarga ushbu hududda o‘rnatilgan zamonaviy MSAN qurilmasi hamda ADSL va VDSL texnologiyalari haqida ma’lumotlar berildi. Qurilmani modernizatsiyalash Internet tarmog‘iga ulanish tezligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Aholiga VDSL texnologiyasi bo‘yicha qayta ulanish taklif etildi, shuningdek yanada yangi tezkor va amaldagi hamyonbop tarif rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

    Sayyor savdolar o‘tkazish davomida aholiga UZTELECOM kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlariga yashash joyidan tashqariga chiqmagan holda ulanish imkoniyati taqdim etildi, shuningdek, amaldagi abonentlardan kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida yuzaga  kelgan nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha arizalar qabul qilindi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligini nishonlash arafasida Jomboy, Nurobod va Qo'shrobod tumanlarida yangi Wi-Fi zonalarini ishga tushirdi.

    “O‘zbektelekom” AK hududiy filiallari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va uskunalarini doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholiga yuqori sifatli hamda zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.


     

    Manba: Axborot xizmati