Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    29.08.2020

    Ilon Mask Neuralink miya chipidan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini  namoyish etdi

    Dunyoga taniqli innovator va ixtirochi Ilon Mask keng jamoatchilikka miyaga joylashtirilgan Neuralink chipining birinchi sinovlarini namoyish etdi.

    Qurilma miyaga maxsus jarrohlik roboti yordamida joylashtiriladi. U bemorning bosh suyagida kichik bir teshik ochadi va implantni maxsus iplar orqali miyaga o'rnatadi.  Ushbu  jarayon  qariyb bir soat vaqtni oladi. Mask ushbu texnologiyani tajriba  tariqasida  cho'chqalarda sinovdan o'tkazdi.

    Ixtirochining ta'kidlashicha, Neuralink odamlarga turli xil asab kasalliklarini davolashda yordam beradi.

    Ammo Neuralink chipidan foydalanish imkoniyatlari haqiqatan ham cheksizdir. Uning yordami bilan transport vositasini fikran boshqarish, kelajakda hatto xotiralarni saqlash va ko'paytirish va ularni robot korpusiga yuklash mumkin bo'ladi.

     

    Tasvirlarni aks ettirish innovatsion datchigi mutlaqo qorong‘i xonada rasmga olishga yordam beradi

    SeeDevice Inc. kompaniyasi PAT-PD (Photon Assisted Tunneling-Photo Detector) nomli tasvirlarni aks ettirish innovatsion datchigini taklif qildi.

    PAT-PD datchigi fotonlarning “yo‘qolishlarining” oldini oladi va bu minimal yorug‘likda tasvirlarni rasmga olishga imkon yaratadi.

    Mazkur ixtiro nafaqat fotosuratga olish jarayonlarida, balki sanoat va tibbiyotda qo‘llanilishi mumkin. SeeDevice vakillari so‘zlariga ko‘ra, datchiklarni ishlab chiqarilishi keyingi yildan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

     

    Garvard universiteti olimlari va Sony kompaniyasining mutaxassislari jarrohlik sohasiga yo‘naltirilgan mini robotni ixtiro qilishdi

    Garvard univeriseti qoshidagi Wyss Institute for Biologically Inspired Engineering institutining tadqiqotchilari va Sony kompaniyasi mutaxassislari jarrohlik sohasiga yo‘naltirilgan mini-RCM nomli mini robotni ixtiro qillishdi.

    Test sinovlarini o‘tkazish natijalari shuni ko‘rsatdiki, mini-RCM qo‘l bilan boshqaradigan qurolga nisbatan bergan topshiriqlarni 68 foiz yuqori aniqlikda bajardi.  Shu bilan birga robot operatsiyani, ya’ni dorini ko‘zga nina orqali yetkazib berishni muvaffaqiyatli bajardi. Kichkina o‘lchamda bo‘lganligi tufayli mini-RCM boshqa  jarrohlik sohasida ishlatilgan robotlarga nisbatan qulay va samaralidir.

    Mini-RCM robotni test sinovidan o‘tkazish videosi: https://vimeo.com/449716409

     

    Microsoft Word veb versiyasida nutq va audio yozuvni matnga o‘tkazish imkoni yaratildi

    Microsoft kompaniyasi Microsoft Word veb versiyasida Transcribe nomli nutq va audio yozuvni matnga o‘tkazish funksiyani ishga tushirilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Uning yordamida foyadalanuvchilar ilova orqali nutqlarni yozishga yoki kelgusida audio yozuvlarni avtomatik ravishda matnga aylantirish uchun o‘z fayllarini yuklashga imkon beradi. Bunda quyidagi formatlarda fayllardan foydalanish mumkin: mp3, wav va  mp4.

    Mazkur dastur nutqlarni onlayn rejimda yozilgan yoki saqlangan fayllarni matnga aylantirishga imkon beradi. Natijada olingan matnlarni  tahrir qilish va elektron hujjatlarga qo‘shish mumkin bo‘ladi.

    Hozirgi paytda mazkur funksiya kompyuterlarga mo‘ljallangan Microsoft Word veb versiyasida mavjud bo'lib, yil yakunigacha mobil ilovalari  ham ixtiro qilinadi. Hozirgi bosqichda mazkur jarayonlarni faqat ingliz tilida tayyorlangan matn bilan bajarsa bo‘ladi, ammo yaqin kelajakda boshqa tillar ham qo‘shilishi ehtimoli  yuqori.

    Microsoft Word'da yangi funksiya taqdimoti:  https://gfycat.com/physicalvapidbubblefish

     

    Yadroviy chiqindilardan yaratilgan batareykani 28 ming yilgacha ishlatsa bo‘ladi

    Kaliforniyada joylashgan NDB kompaniyasi yadroviy chiqindilar asosida yaratilgan va qo‘shimcha quvvatlantirishni talab qilmaydigan akkumulyator loyihasini taqdim etdi. Mazkur texnologiya atom elektrostansiyalarning ekspluatatsiyasidan so‘ng qolgan radioaktiv grafitni ishlatishga asoslangan.

    Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, mazkur batareya insonga salbiy ta’sir qilmaydi, uning ishlab chiqarilishi arzon bo‘ladi va  energetic samaradorligi oddiy litiy-ion batareyalarga nisbatan o‘ta yuqori bo‘ladi.

    NDB kompaniyasi mazkur batareyaning tijoriy ishlab chiqarishni COVID-19 pandemiyasidan so‘ng ishga tushurmoqchi,  akkumulyatorning savdo uchun birinchi namunasi bir necha yildan keyin paydo bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati