Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Idoraviy mukofotlar topshirildi
    02.09.2020

     O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik hamda uning tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot va muassasalar, shuningdek, mobil aloqa operatorlarining mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan soha xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Xususan, 3 nafar Samigov Axmadjon Nigmonovich “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Mirobod telefon bog‘lamasi Liniya kabel inshootlari sexi 252/256EATS elektromontyori, Maxmudov Arif Bahadirovich “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qashqadaryo filiali direktori, Musayev Abror Umidovich “Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi” DUK Hukumat tadbirlariga xizmat ko‘rsatish, ovoz kuchaytirish va sinxron tarjima bilan ta’minlash bo‘limi 1-toifali aloqa muhandisi xodimlari “Mohir aloqachi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, vazirlik tizimida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan 23 nafar xodim “Faxriy yorliq” bilan, bundan tashqari yana 21 nafar xodim “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar.

    Vazirlikning maxsus mukofotlari joylarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

    Ushbu mukofotlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimida mehnat qilayotgan har bir xodimga ulkan sharaf va mas’uliyat yuklaydi, yangi marralar sari ruhlantirdi.
     

    Manba: Axborot xizmati