Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili 2 sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulug‘ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi tashkilotlar jamoasi 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻyishdi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Manba: Axborot xizmati