Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi jamoasi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo’ydilar.
    31.08.2020

    Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va markaziy apparati xodimlari harbiy orkestr sadolari ostida  Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo’ydilar.

    Xalqimiz uchun qadrli va ulug’ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo’yish marosimi yaxshi an'anaga aylangan. Mustaqillik maydoni xalqimiz ozodligining, ajdodlarimiz asrlar davomida orziqib kutgan va muttasil intilib yashagan, bugungi avlodlarga nasib etgan eng ulug’, eng aziz ne'mat bo’lmish istiqlolimizning muqaddas ramzidir. Shu bois, bu muazzam maydon majmuasi bizni doimo yuksak marralar sari chorlab turadi.

    Manba: Axborot xizmati