Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari sohasida keng olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida “O‘zbekiston 24” telekanali “Islohotlar amalda” tomonidan maxsus ko‘rsatuv tayyorlandi
    29.08.2020

    Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston 24” telekanali ijodiy jamoasi tomonidan “Islohotlar amalda” maxsus ko‘rsatuv tayyorlanib, mazkur islohotlar Toshkent shahri va Navoiy viloyati misolida keng yoritib berilgan.

    Islohotlar amalda” maxsus ko‘rsatuvni bizning Yotube kanalimizda quyidagi havola orqali ko‘rishigingiz mumkin.