Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Guliston shahrida “UzDigitalTV “ MCHJning savdo va abonentlarga xizmat ko`rsatish ofisi ish boshladi.
    29.08.2020

    Sirdaryo viloyati «UZDIGITAL TV» ning savdo ofisi ochilgan so‘ngi hududlardan biri bo‘ldi.

    Raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi provayder «UZDIGITAL TV» xizmatlarizdan foydalanishni istaganlar ulanish narxlari va shartlari bilan tanishish, texnik sozlamalar bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar olish va raqamli televideniyega oid savollariga javob olish uchun Guliston shahri, Quruvchilar ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan ofisga tashrif buyurishlari mumkin.

    Shuningdek, «UZDIGITAL TV» 2020 yil 1 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar «Kuzgi sovg‘alar» aksiyasi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi. Ushbu davrda xizmatlarga ulangan abonentlar avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi. Raqamli televideniyega oid kerakli ma’lumotlarni www.uzdtv.uz rasmiy sayti hamda kompaniyaning tun-u kun faoliyat yurituvchi texnik qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati