Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi
    29.08.2020

    Respublikamizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirilishi - raqamli iqtisodiyotga o‘tish uchun sohada zamonaviy qonunchilik bazasini yaratishning eng asosiy negizlaridan biri hisoblanadi.

    Aynan ushbu yo‘nalishda amaldagi norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

    Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashabbusi bilan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” normativ-huquqiy hujjati ishlab chiqilib, vazirlikning 2020 yil 30-iyun 208-mh-sonli-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30-iyun 3275-son bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi.

    Normativ-huquqiy hujjat halqaro tajribadan kelib chiqib ishlab chiqilgan va respublikadagi telekommunikatsiya xizmatlari foydalanuvchilari uchun qulayliklarni yaratishga qaratilgan.

    Mazkur hujjatning eng muhim jihati va afzalliklariga to‘htalib o‘tsak.

    Birinchidan, mazkur Qoidalar unifikatsiyalashgan va takomillashtirilgan loyiha hisoblanib, o‘z ichiga AKT sohasida faoliyat ko‘rsatishda qator muhim masalalarni ham inobatga olgan: litsenziyalash, tadbikorlik faoliyatining erkinligini ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlar masalalari va boshqalar aks etgan.
    Bu esa, o‘z navbatida, bozordagi xizmat ko‘rsatuvchi professional ishtirokchilar va abonentlar uchun qulaylik yaratib beradi, shu bilan birga qonuniy jihatdan ham ish yuritishni osonlashtirishga, yagona qoida va talablar asosida qarorlarni qabul qilishga zamin yaratadi.

    Ikkinchidan, mazkur hujjat zamon talabidan kelib chiqib, o‘z ichiga dolzarb o‘zgarish va qo‘shimchalarni qamrab olgan.

    Aytish joizki, respublikamizda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari, xizmatlar turlariga qarab, 1996 – 2018 yillar oralig‘ida qabul qilingan 10 ta normativ-huquqiy hujjatlar va 17 ta ularga kiritilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar bilan tartibga solingan.

    Mazkur hujjatlar o‘tgan davrda texnika va texnologiyalarning hamda sohadagi biznes yuritish imkoniyatlarining rivojlanishiga mutanosibligini yo‘qotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligidagi o‘zgarishlarni to‘liq qamrab olmay qolgan.

    Xalqaro tajriba aksariyat holatlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish yagona hujjat bilan tartibga solinishini va ushbu tajribaning qator ijobiy jihatlarini namoyon qildi.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishiga oid normativ-huquqiy hujjatlari qayta ko‘rilib, xizmat turlari yangilandi.

    Yangi xizmat turlaridan mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish xizmatlarini taqdim etish tartiblari belgilandi.

    Mazkur normativ hujjat 7 ta bo‘lim va 391 ta moddadan iborat bo‘lib, unda telekommunikatsiya sohasiga oid atamalar va ta’riflar, telekommunikatsiya xizmatlarini, jumladan, telefon, telegraf, mobil, internet aloqasi, televideniye, axborot-ma’lumot, qo‘riqlash xizmatlarni taqdim etish tartibi, operator, provayder hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, shartnomaviy munosabatlari batafsil ko‘rsatilgan.

    “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” normativ-huquqiy hujjati 2020 yilning 1 oktyabridan kuchga kiradi.

    Mazkur Qoidalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni tartibga solish bilan birga, jahon tajribasidan kelib chiqib yangi xizmatlarni, ya’ni mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini ko‘chirish xizmatini taqdim etish ham ko‘zda tutilgan.

    Har bir tatbiq etiladigan yangi telekommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan oldin uning huquqiy asoslari ishlab chiqiladi hamda joriy etish bilan bog‘liq jarayonlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

    O‘z o‘rnida mobil operatorlari tarmoqlarida texnik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqadi.

    Yangi xizmat turidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish xizmatini joriy etish 2021 yilga rejalashtirilgan.

    Oddiyroq qilib aytganda, joriy yilning 1 oktyabridan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat kuchga kiradi.
    Mazkur hujjat AKT sohasida yagona qoidalarni belgilagan holda, mazkur sohani yanada rivojlantirishga mustahkam asos bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati