Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    21.08.2020

    “Startap tashabbuslari” beshinchi bosqichiga start berildi

    O‘zbekistonda yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash “Startap tashabbuslari” dasturining beshinchi bosqichiga start berildi. Mazkur dasturda bepul ishtirok etish mumkin,  barcha tadbirlar onlayn shaklda o‘tkaziladi.

    Ushbu dastur yoshlarning innovatsion g’oyalari va startap-loyihalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasidagi qisqa muddatli intensiv dastur bo’lib, unda 16 yoshdan boshlab yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va tadqiqotchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

    Eng zo‘r deb topilgan loyihalarning mualliflari 50 mln. s zo‘mgacha miqdorda grantlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Qizlar jamoalari yoki startap loyihalarning asoschilaridan biri qiz bola  bo‘lsa imtiyozlar beriladi.

    Startap loyihalarni taqdim etish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:

    • Turizm;
    • Davlat xizmatlarini va biznes jarayonlarni avtomatlashtirish;
    • Fintech;
    • Energetika;
    • Meditsina va farmakologiya;
    • Avtomatlashtirilgan va robotlashtirilgan tizimlar;
    • Savdo, smart-retail, xizmat ko‘rsatish;
    • Media, o‘yin-kulgi va sayr-tomosha, kompyuter xizmatlarni ko‘rsatish;
    • Xavfsizlik va x.k.

    Loyihada ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali topshirish mumkin. Arizalarni topshirishning oxirgi muddati — 31-avgust kuni.

    Loyiha to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni loyihaning saytida ko‘rish mumkin: http://startupinitiatives.uz/

     

    3-8 noyabr kunlari "InnoWeek 2020" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi onlayn tarzda o'tkaziladi


    Hafta davomida Xalqaro innovatsion yarmarka, shuningdek robototexnika bo'yicha xalqaro chempionat o'tkazish rejalashtirilgan. "Innovatsion g'oyalar lideri" ko'krak nishonini topshirish marosimi ham bo'lib o'tadi.

    Tadbirda 30 dan ortiq mamlakat vakillari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlarning fan va innovatsiyalar sohasidagi etakchi ekspertlari ishtirok etadi.

    Tadbirda ishtirok etish uchun siz quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak.

     

    O‘zbekiston IT mutahassislari algoritmik dasturlash bo‘yicha RuCode nomli Rossiya bo‘ylab o‘quv onlayn festivalida ishtirok etishlari mumkin

    31 avgust kuni algoritmik dasturlash bo‘yicha RuCode nomli Rossiya bo‘ylab o‘quv onlayn festivaliga start beriladi.

    Mazkur festivalda O‘zbekiston IT mutaxassislari bilan birga barcha xohlovchilar bepul  ishtirok etishlari mumkin.Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. 

    Festival va uning dasturi to‘g‘risida tadbirning saytida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin: https://rucode.net/#/

     

    Toshkentdagi kafelardan birida robot yordamchisi ish boshladi

    Toshkentdagi Street 77  tarmog'ining kafelardan birida, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan NovAssistant robot-yordamchisi sinovdan o'tkazilmoqda.

    Kafe egasi ta'kidlaganidek, robot yordamchisi tashrif buyuruvchilarni kutib oladi, buyurtma oladi va hatto mehmonlarga ovqat olib keladi. Iste'molchilar maxsus displey yordamida idishni tanlashlari mumkin.

     

    Sentyabr oyining oxirida IDC Future of Enterprise Digital Summit mintaqaviy onlayn-sammiti Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tadi

    24 sentyabr kuni IDC nufuzli xalqaro tahliliy kompaniyasi tashabbusi bilan IDC Future of Enterprise Digital Summit mintaqaviy yirik onlayn-tadbirini o'tkazadi.

    Sammitda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Mo'g'uliston, Gruziya va Rossiya vakillari ishtirok etadi. Sammitning asosiy shiori - "Kompaniyani  transformatsiya qilish uchun o'zgarishlar davridan foydalaning". Raqamli texnologiyalarning kelajagi, IT mutaxassislar, IT infratuzilmasi- sammitning asosiy mavzularidir. 

     

    Manba: Axborot xizmati