Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    29.07.2020

    Telegramning yangi versiyasida videoavatarlar, yangi animatsion emodzilar va statistika mavjud

    Telegram 6.3 mashhur messenjerining yangi versiyasi o'z foydalanuvchilariga bir qator yangi qulayliklarni taqdim etdi.

     “Telegram”ning so'nggi versiyasida videoavatar funktsiyasi qo'shildi. Foydalanuvchi fotosurat o'rniga animatsion stiker yoki videoni yuklashi va suhbat uchun rasm sifatida istalgan ramkani tanlashi mumkin. Shu bilan birga, siz yorqinlik, kontrast va boshqa parametrlarni ham sozlashingiz mumkin.

    Bundan tashqari, iOS operatsion tizimining foydalanuvchilari videoqo'ng'iroq funktsiyasidan foydalanishlari mumkin. Videoqo'ng'iroqlarni amalga oshirish uchun ikkala suhbatdosh ham ushbu funktsiyani faollashtirishi kerak.

    Muhim yangiliklar qatoriga  hajmi 2 Gb gacha bo'lgan katta fayllarni yuborish qobiliyati, guruh a'zolari faoliyati to'g'risidagi statistikani ko'rish va boshqa qiziqarli va foydali vositalar kiradi.

    Barcha yangiliklarning to'liq tafsilotlarini quyidagi havolada:https://telegram.org/blog/profile-videos-people-nearby-and-more/ru?ln=a

     

    Virgin Galactic kompaniyasi kosmik sayohatlar uchun mo‘ljallangan kemalarning interyerini tadqim etdi

    Virgin Group konglomerati tarkibidagi Virgin Galactic kompaniyasi virtual taqdimot paytida VSS Unity sayyohlik parvozlari uchun kosmik kemaning ichki qismidagi fotosuratlarni namoyish etdi.

    Kema oltita alyuminiy va uglerod tolali yo'lovchi o'rindig'iga ega. Har kim sayohat bosqichiga o'z xohishlariga qarab joylashuv va qulaylik pozitsiyasini va burchagini o'zgartirishi mumkin.

    Har bir o'rindiq ustunning yonida joylashgan va parvoz to'g'risidagi ma'lumot displeylari bilan jihozlangan.

    Uchuvchi kabinasi oyna bilan ajratilgan. Shunday qilib, yo'lovchilar o'zlarini  tortishish kuchi nolga teng bo'lgan vaznsizlik sharoitida ko'ra oladilar.

    VSS Unity taqdimotidan videohttps://youtu.be/LC286Dnq4M4

     

    Aqlli “kognitiv radio” ning birinchi sinov natijalari muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi

    Vuster politexnika instituti va Pensilvaniya shtati universiteti tadqiqotchilari NASA bilan hamkorligida neyron tizimi asosida ishlaydigan aqlli “kognitiv radio”ni keng ommaga taqdim etishdi. Mazkur radio yordamida radio aloqani katta masofalariga, jumladan, koinotda ham ulashga imkon yaratiladi, Mazkur ixtironing birinchi sinov natijalari muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi: “kognitiv radio” yordamida Xalqaro kosmik stantsiyasiga (MKS) barqaror signal yetib bordi. https://spectrum.ieee.org/telecom/wireless/cognitive-radios-will-go-where-no-deepspace-mission-has-gone-before

    “Kognitiv radio”ning an’anaviy radiodan asosiy farqi va afzalligi —  neyrotizimlari yordamida “o‘rganish” qobiliyati mavjudligi. Kognitiv radio ma’lumotlarni tashqi muhitdan olib ularga asosan o‘z faoyliatini moslashtiradi — uzatish quvvatini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, mustaqil ravishda barqaror ishlaydigan chastotalarga o‘tib ishlashni davom ettiradi.

     

    Microsoft yangi bulutli operatsion tizimi ustidan ishlamoqda

    Hozirgi vaqtda Microsoft yangi Cloud PC nomli servisni ishga tushirish arafasida turibdi. Mazkur servis Windows operatsion tizimi imkoniyatlaridan va ofis paketlaridan foydalanishga imkon beradi. Cloud PC ning ishga tushirilishi dastlabkisi 2021yil bahorga mo‘ljallangan.

    Microsoft Cloud PC servisi Windows operatsion tizimi kabi Internet muhitida ishlashga imkon yaratadi. Shunday qilib, kompaniyaning “virtual ish stoli” (Windows Virtual Desktop) va “Obuna bo‘yicha Windows” yangi strategic konsepsiyasi amalga oshiriladi.  

     

    Nikon” yangi qurilmasi fotokamerani veb-kameraga aylantiradi

    Nikon kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan raqamli kameralarini veb-kamera sifatida ishlatishga imkon beradigan Webcam Utility dasturining beta-versiyasini chiqarishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Windows operatsion tizimiga mos keladigan dasturiy ta'minot 2020 yil avgust oyi boshida chiqarilishi rejalashtirilgan.

    Kamerani veb-kameraga aylantirish uchun foydalanuvchi Webcam Utility dasturini kompyuterga o'rnatishi va Nikon kamerasini USB kabelidan foydalanib ulashi kerak.

    Ushbu dastur Windows 10 (64-bit) tizimida ishlaydi va Nikonning quyidagi modellariga mos keladi: Z 7, Z 6, Z 5, Z 50, D6, D850, D780, D500, D7500, D5600.

    Kelajakda Nikon kompaniyasining barcha raqamli texnologiyaga asoslangan fotokameralari ham ushbu yangi dastur bilan mos bo'lishi rejalashtirilgan.