Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    24.07.2020

    Dunyo aholisining yarmidan kopi hozir ijtimoiy tarmoqlardan doimiy ravishda foydalanmoqda

    We Are Social va Hootsuite kompaniyalari Internet foydalanuvchilari faoliyati to‘g‘risida yana bir hisobotni nashr etdilar. Tadqiqotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarning auditoriyasi 3,96 mlrd. kishiga yoki dunyo aholisining 51 foizini tashkil qilmoqda. 

    So‘nggi bir yil ichida ijtimoiy media foydalanuvchilari soni 10,5 foizga o‘sdi, har kuni millionga yaqin kishi turli platformalarda ro‘yxatdan o‘tmoqda. Ularning 99 foizi ijtimoiy tarmoqlarga smartfonlar orqali kirishadi.

    Eng ommabop ijtimoiy tarmoq — bu Facebook, har oy 2,6 mlrd. odam foydalanadi. Undan tashqari, YouTube va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlarining har biri ikki milliard foydalanuvchiga ega.

     

    Xitoy Marsni kashf qilish uchun “Tyanven-1” kosmik kemasini muvaffaqiyatli ishga tushirdi

    2020 yil 23-iyul kuni Xitoyning Xaynan orolidagi Venchan kosmodromida Marsni o‘rganish uchun “Tyanven-1” loyihasiga start berildi

    Rejaga ko‘ra, “Tyanven-1” 2021 yil fevral oyining boshlarida Marsga yetib boradi va eng munosib qo‘nadigan joyni tanlash uchun sayyora yuzasini batafsil o‘rganishni boshlaydi. Ikki oy o‘tgach (2021 yil aprelda) qizil sayyora orbitasiga kirgandan so‘ng, tushirish moduli Mars yuzasiga qo‘nishi kerak va uning ichidagi aylana sayyora bo‘yicha tadqiqot olib boradi.

    “Tyanven-1” loyihasining onlayn translyatsiyasini kuzatib orish uchun havola: https://youtu.be/gZMAj2aH37g

     

    Ilon Mask inson miyadagi mikrochipni joylashtirish xususidagi Neuralink loyihasi haqida to‘htalib o‘tdi

    Ilon Mask Twitterdagi akkauntida Neuralink neyron interfeysi loyihasi haqida ma’lumot berdi

    Milliarderning ta’kidlashicha, bu foydalanuvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chip orqali musiqa tinglash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, chip nevrologik kasalliklar, Parkinson yoki Altsgeymer kasalligiga chalingan odamlarga ham yordam beradi. Ya’ni, gormonlar darajasini boshqarish, shu jumladan miyaning sezgi va ta’sirchanlik mikro organizmlarini "qayta dasturlash" orqali bezovtalik, ruhiy tushkunlik va giyohvandlik bilan kurashish imkoniyatini beradi.

    Ilon Mask ushbu nou-xau loyiha haqida shu yil 28-avgustda batafsil ma’lumot beradi.

     

    Koinotning eng katta 3D-xaritasi yaratildi

    Koinotning 3D-xaritasi Nyu-Meksikoda joylashgan teleskopdan olingan ma’lumotlar yordamida ixtiro qilindi

    Yigirma yil ichida butunjahon olimlari mazkur kartani ishlab chiqish jarayonida 4 mln. dan ortiq galaktika va kvazarlarni o‘rganib chiqishdi. Xarita fazo va vaqtni inobatga olgan holda ishlab chiqilib, koinotning 11 mlrd. yilga teng rivojlanish davrini o‘z ichiga qamrab olgan.

    Koinotning 3D-xaritasi to‘g‘risidagi videolavha: https://youtu.be/TKiYOnsE8Y4

     

    Yangi avlod shishasi zarbaga va tirnashga chidamli bo‘ladi

    Corning kompaniyasi o‘zining yangi avlod Gorilla Glass Victus nomli toblangan shishasini taqdim etdi

    Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur shisha nafaqat zarbaga, balki tirnashga ham chidamli bo‘ladi. Gorilla Glass Victus shisha bilan jihozlangan smartfon 2 metrlik balandlikdan tushib ketsa ham ekran sinmasligini ta’minlashi kerak.

    Gorilla Glass Victus rusumli shisha Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 smartfonlarda qo‘llanadi.

    Gorilla Glass Victus taqdim etilishining rasmiy videosi: https://youtu.be/5hn5E5XRPW8