Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    17.07.2020

     

    Ochiq murojaatlar portali va Davlat statistika qomitasi rasmiy sayti Markaziy Osiyoda yagona bolib dunyodagi ochiq axborot portallar royxatiga kiritildi

    Data.gov.uzochiq murojaatlar portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti stat.uzDataPortals.org ekspertlari tomonidan Dunyodagi axborot portallar ro‘yxatiga kiritildi

    Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatga ikkita ochiq ma’lumotlar manbalari bilan Markaziy Osiyoda yagona davlat sifatida kiritildi.

    DataPortals.org —  dunyodagi ochiq axborot portallar eng to‘liq ro‘yxati bo‘lib, ochiq ma’lumotlar bo‘yicha jahondagi yetakchi ekspertlar tomonidan olib boriladi. Hozirgi kunda DataPortals.org to‘liq ro‘yxatiga dunyodagi 589 ta axborot portallari kiritilgan.

     

    IT-Park TUZ Ventures bilan hamkorlikda so‘rovnoma tashkil qildi

    Mazkur so‘rovnomani o‘tkazish asosiy maqsadi — O‘zbekiston texnologik bozorini, jumladan startap bozorini o‘rganishdan iboratdir. So‘rovnamaning natijalari joriy yil kuzda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

    So‘rovnamada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting.

     

    Litsenziya va ruxsat berish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni keng muhokamaga chiqarildi.

    Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2020 yil 1 dekabrga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va vakolatli organni xabardor qilish tartib-taomillardan o‘tish va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomatlashgan Litsenziya” axborot tizimini ishlab chiqilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Litsenziya va ruxsat olish uchun vakolatli organlariga murojaat qilish va hujjatlarni yuborish hamda ularni ko‘rib chiqish tartibi faqatgina elektron ravishda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali amalga oshiriladi.

    Farmon loyihasi keng muhokamaga 30-iyulgacha qo‘yildi

     

    Coursera ta’lim platformasida fuqarolarimiz uchun bepul kurslar tashkillashtiradi

    Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalar texnologik parki (IT-Park) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Coursera ta’lim platformasi bilan birga vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarimiz uchun bepul ta’lim olish bo‘yicha aksiyani yo‘lga qo‘yishdi.

    Aksiya doirasida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha uch oylik kurslardan o‘tadi:

    • Biznes;
    • Kompuyter savodhonligi;
    • Ma’lumotlar bo‘yicha fan;
    • Tillarni o‘rganish.

    Kurslarga ro‘yxatdan 30 sentybrga qadar quyidagi havola orqali o‘tish kerak.

     

    ITPS O‘zbekistonda SAP bazasi asosida qator loyihalarni amalga oshirmoqda

    ITPS kompaniyasi O‘zbekistonda neftgaz va sanoat korxonalarida kompleks raqamli tizimlarini joriy etishini rejalashtirmoqda. Mazkur ishlanmalar eng samarali deb tan oligan SAP tizimi asosida ishlab chiqarilgan.

    ITPS (Information Technology Professional Solutions) – yirik korxonalarni raqamli transformatsiyalash bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri. O‘zbekistonda kompaniya 12 yildan beri faoliyat ko‘rsatib, qator yirik loyihalarida, shu jumladan Qandim va Janubiy-G‘arbiy Hissorda kon qazish obyektlarida ishtirok etgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati