Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Karantin paytida Uztelecom aholi uchun yangi qulay xizmatni taqdim etmoqda
    16.07.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Karantin paytida aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbektelecom” AK o‘z abonentlari uchun yangi “Va'da qilingan to'lov” nomli xizmatni joriy etdi. Mazkur xizmat foyadalanuvchilarga xizmat uchun to‘lash imkoniyati vaqtincha mavjud  bo‘lmagan  taqdirda ham Internetga ulanishga imkon yaratib beradi.

    Ushbu xizmatni kompaniya abonentlari shaxsiy kabinetdan yoki Uztelecom savdo va xizmat ko'rsatish ofisidan oylik abonent to'lovidan oshmagan miqdorga faollashtirishlari mumkin.

    Manba: Axborot xizmati