Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    15.07.2020

    Chrome brauzerning yangi versiyasi keraksiz  reklamani berkitishga yordam beradi

    Google kompaniyasi o‘z brauzerning Chrome 84 nomli yangi versiyasini taqdim etdi. Brauzerning yangi versiyasi spam-manbalar qatoriga kiritilgan veb-saytlardan kelgan xabarlarni berkitishga yordam beradi. 

    Bundan tashqari, veb-ilovalar bilan ishlash usuli ham yangilandi. Veb-ilovalarga tezkorlik bilan kirishga yordam beradigan belgilari brauzerning kompyuter va mobil versiyalarida paydo bo‘ldi.

    Brauzerning yangi versiyasi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://developers.google.com/web/updates/2020/07/nic84

     

     Avero amerika startapi 3D-printer orqali elektrovelosipedlarni chiqarishini yo‘lga qo‘yadi

    Avero amerika startapi 3D-printer orqali elektrovelosipedlarni chiqarishini yo‘lga qo‘ymoqchi. Ushbu tovarni joriy yil oxirlarida sotuvga chiqarilishni rejalashtirmoqda. 

    Elektrovelosipedlarning ikkita rusumi ishlab chiqarilishi mo‘ljallanmoqda. Superstrata Terra nomli rusumli elektrovelosipedi oddiy velosipedning analogi bo‘lib, $2799 teng narxda sotiladi. O‘z navbatida, Superstrata Ion rusumli elektrovelosiped o‘z ko‘rinishida elektrobayk bo‘lib, 250 Vatt quvvatiga teng dvigatelga, 252 Vtch sig‘imga ega akkumulyator batareyaga ega bo‘lib, 100 km ga uzoqlik masofagacha yura oladi. Superstrata Ion’ning narxi $3999 ni tashkil  qiladi.

    Yana bir muhim jihat: elektrovelosipedlarning karkasi yaxlit termoplastik uglevodorodli toladan yasaladi. Bu esa mahsulotning o‘ta mustahkamligini va yengillini ta’minlaydi. Masalan, Terra rusumli elektrovelosiped ramasining og‘irligi atigi 1,3 kiloga, Ion rusumli elektrovelosipedning og‘irligi esa 11 kiloga teng keladi.

     

    One Netbook muhandis va IT-mutahassislar uchun gibridli mini noutbukni ishlab chiqarmoqchi

    O‘ta yengil kompyuterlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan One Netbook kompaniyasi muhandis va IT-mutahassislar uchun mini noutbukni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Mazkur mini noutbuk 7 dyuymli sensor display bilan jihozlanib, uni maxsus bog‘lash moslamasi orqali 180  gradusga aylantirib planshetga o‘zgartirsa bo‘ladi. Mazkur noutbukga  Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatiladi.

     

    Microsoft Natick 3 nomli suv osti data markazlarning uchinchi avlodini taqdim etdi

    Microsoft kompaniyasi Natick loyihasini amalga oshirish doirasida yangi suv osti data markazlarning uchinchi avlodini taqdim etdi.

    Natick loyihasi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlab chiqishga mo‘ljallangan suv osti data markazlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, ekspluatatsiya xarajatlarni keskin kamaytirishga, ma’lumotlarning tezligini yanada oshirishga va data markazlarning xavfsizlik darajasini oshirishga zamin yaratadi.

     

    Amazon avtomatik ravishda xaridlarni amalga oshirishiga yordam beradigan “aqlli” savdo aravachalarni namoyish etdi

    Amazon kompaniyasi Dash Carts nomli “aqlli” savdo aravachalarni namoyish etdi. Ular yordamida supermarketlarda tovarlarni xarid qilish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirsa bo‘ladi.

    Smart aravachalar tovarlarni xarid qilish, ya’ni xaridor tomonidan qaysi tovar arvachaga solinganini yoki olib tashlagan jarayonlarni bevosita mustaqil ravishda kuzata oladi. Do‘kondan chiqishida smart-aravachalar avtomatik ravishda chekni chiqarib, xaridor plastik kartasidan xaridlar uchun pullarni yechadi.  

     

    Manba: Axborot xizmati