Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    13.07.2020

     

    TАTU talabalari Big Idea Challenge xalqaro tanlovda ishtirok etishmoqda

     

    Britaniya Kengashi va London Metropolitan Universiteti tomonidan tashkil etilgan Big Idea Challenge xalqaro tanlovi va Creative Spark global dasturida ishtirok etayotgan yoshlarga o‘zining ilg‘or g‘oya bilan o‘rtoqshlashga imkon yaratadi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun yuzlab arizalar topshirildi. Hakamlar tomonidan 7 ta  davlatdan 63 nafar yarim finalchi, shular qatorida O‘zbekistondan ham 9 ta jamoa saralanib keyingi bosqichga o‘tdi.

    Tanlovda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ham ishtirok etishdi. Final bosqichiga ikkita startap-jamoalar o‘z loyihalari bilan yo‘llanma olishdi:

    • “Tabiat tomon qadam qo‘yish” loyihasi. Loyiha g‘oyasi — standart dvigatelga ega avtomobillarni elektron avtomobilga aylantirish. Loyiha mualliflari — Yulduz Abriyeva, Abdulboriy Alimov, Sukhrobbek Khakimov. 
    • “Loompal” loyihasi. Loyiha g‘oyasi — sayyohlarga joylashuvlar orqali marshrutini ko‘rsatib bera oladigan bilaguzukni ishlab chiqarish. Loyiha mualliflari — Elvira Salavatova, Nasrullo Fayzullayev, Dmitriy Lijin. 

     

    Joriy yil 6 iyuldan 19 iyulgacha har bir loyiha uchun ochiq onlayn ovoz beriladi.  Natijalari bo‘yicha har bir davlatdan bir jamoa mazkur toifa uchun g‘olib deb topiladi, bir jamoa esa onlayn ovoz berish orqali tomoshabinlar tomonidan tanlanadi. Bundan tashqari tanlovning xalqaro bosqichda ishtirok etish uchun har bir davlatning bir jamoasidan bir nafar nomzod tanlanadi.

     


    IT-Park: resident maqomiga ega bo‘lish uchun arizalarni endi onlayn shaklda topshirsa bo‘ladi

     

    IT-Park residenti maqomiga ega bo‘lishni xohlaganlar endi o‘z arizalarini onlayn shaklda topshirishlari mumkin. Buning uchun arizani quyidagi shaklda to‘ldirish shart: https://it-park.uz/ru/itpark/residents/residence-application/form

    IT-Park rezidentlarga qo‘yilgan talab va qoidalarni quyidagi havola orqali o‘rganish mumkin: https://it-park.uz/ru/itpark/residents/requirements

     

     

    2021 yil 1-yanvaridan boshlab barcha davlat idoralari open source ga o‘tishlari mumkin

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig “Davlat organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy ta’minotlarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi keng muhokamaga qo‘yilgan.

    Mazkur hujjatga muvofiq 2021 yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy, sertifikatlangan va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigan barcha turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanish tizimi joriy etiladi.

    Shunday qilib barcha davlat idoralari “erkin soft” dan foydalanish, ya’ni uni cheklanmagan holda o‘rnatish, ishga tushirish, erkin foydalanish va tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Qaror loyhasi muhokamasi 22 iyul kunigacha davom etadi.

     

    Yuklash soni darajasi bo‘yicha TikTok O‘zbekistonda birinchi o‘rinni egalladi

     

    Bundan oldin jahonga mashhur videoservis ZoomTelegramInstagram va imo dan orqada edi. Hozirgi kunga qadar esa TikTok O‘zbekistonda App Store va Google Play internet-do‘konlaridan yuklash soni natijalari bo‘yicha hammadan ustunlik qiladi.

     

    Elektromobillar uchun birinchi shoxobcha va servis markazlari 2021 yil yanvar oyida barpo etilishi rejalashtirilgan

     

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.  

    Hujjatga binoan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu bilan birga elektromobillar uchun tegishli infratuzilmani yaratish “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Joriy yil sentyabr oyiga qadar xorijiy tajribani o‘rgangan holda tahliliy materiani tayyorlash ko‘zda tutilgan. 2021 yil yanvar oyida Toshkent shahrida elektromobillarni tezkor ravishda quvvatlantiradigan maxsus ikkita tizimni  tashkil etish ko‘zda tutilgan. Loyiha “O‘zbekneftegaz” AJ tomonidan moliyashtiriladi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati