Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi
    13.07.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davergeodezkadastr qo‘mitasi, va Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi o‘rtasida kosmik suratlardan foydalanish, ular yordamida qishloq xo‘jaligi va boshqa yer maydonlarini monitoring qilish hamda kosmik suratlarni qabul qiladigan virtual stansiya va Yerni masofadan turib zondlash Markazi (YeMTZ markazi) masalasida uch tomonlama muzokara bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda ta’kidlanganidek, raqamli texnologiyalarning eng katta yutug‘i — tashkiliy, moliyaviy va inson xarajatlarni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikni keskin ravishda oshirish imkoniyatidir. Shu o‘rinda raqamli texnologiyalardan turli soha va tarmoqlarda keng foydalansa bo‘ladi. Yurtimiz uchun eng dolzarb bo‘lgan shunday sohalaridan biri yer resurslaridan unumli foydalanish masalasidir.

    Uch tomonlama o‘tkazilgan virtual uchrashuvda yangi tashkil etiladigan Yerni masofadan turib zondlash markazi va virtual stansiyadan foydalanishdagi qulayliklar, ularni yaratishga ketadigan vaqt, mablag‘, texnik qurilmalar o‘rtasidagi farq, qabul qilib olinadigan kosmik suratlarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha Fransiyaning “Airbus” kompaniyasi taqdim qilayotgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.

    Shuningdek,  bu yo‘nalishda ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, kafolatli xizmat ko‘rsatish masalalarida ham o‘zaro fikr almashildi.

    Virtual muzokaralar davomida, “Airbus” kompaniyasi vakillari tomonidan Yerni masofadan turib zondlash Markazining namunaviy taqdimot fayllari namoyish qilinib, taqdim etildi. Shuningdek, mazkur markaz loyihasi doirasida tashkil etiladigan o‘quv reja va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

    Manba: Axborot xizmati