Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda iuyn oyida COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi ko‘tarildi
    07.07.2020

    2020 yil iyun holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur’atiga ta’siri”’’ni e’lon qildi. Buning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 17 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 26 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

    Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra internet tezligi (Fixed Speed Change) 3 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 9 foizga ko‘tarilgan.

    Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyada sharoitida Internet foyadalanuvchilar soni o‘sishiga qaramay internet tezligi ijobiy sur’atlarini namoyon etmoqda. Tahlillarga ko‘ra iyun boshida O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan. Iyunning ikkinchi yarmida esa mazkur qo‘rsatqich 8 foizni (Fixed Speed Change) va 16 foizni (Mobile Speed Change) tashkil qilgan.

    Oxirgi natijalar bo‘yicha esa yurtimizda Internet tezligi yana ko‘tarildi, ya’ni aniqlangan Internet bo‘yicha 17 foizga (Fixed Speed Change) va mobil internet tezligi bo‘yicha 26 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati