Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga onlayn kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
    02.07.2020

    Joriy yil 2 iyul kuni Toshkent shahridagi Amiti Universitetida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga kirish imtihonlarinig birinchi bosqichi onlayn shaklda o‘tkazildi.

    Kirish imtihonlari jarayonlarini o‘tkazishda sun’iy intellekt texnologiyalariyadan foydalanildi. Ta’kidlash kerakki, mazkur texnologiya O‘zbekistonda ilk marotaba va aynan Toshkent shahridagi Amiti Universitetida qo‘llanildi.

    Ya’ni, avval barcha abituriyentlarga texnik talablar va imtihon testlari uchun havolalar yuborilgan. Har bir ishtirokchi shaxsiy login va parolga ega bo‘ldi. Imtihon boshlanish jarayonida esa sun’iy intellekt yordamida abituriyentlarning yuzlari suratga tushirildi, tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan taqqoslandi va undan keyin abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat berildi.

    Bundan tashqari imtihon kuzatuvchilari sun’iy intellekt yordamida tizim orqali abituriyent bilan muloqot qilish, shuningdek, uning barcha harakatlarini jonli rejimda doimiy kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa imtihon jarayonlarida uchunchi shaxslarning ishtirok etishlarining oldini olib, saralash sinovlarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qildi.


    Joriy yil 2 iyul kuni qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi:

    Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha:

    Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);

    Kompyuter texnologiyalari va injiniring (Computer Science & Engineering);

    Biznes-boshqarish (Bachelor of Business Administration);

    Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);

    Turizm (Bachelor of Arts (Tourism Administration).


    Magistratura yo‘lishi bo‘yicha:

    Axborot texnologiyalari (Master of Science in Information Technology);

    Biznes-boshqarish (Master of Business Administration)

     

    Eslatib o‘tamiz, navbatdagi bosqich imtihonlar joriy yil 18-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati