Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    26.06.2020

        Joriy yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari O.Pekos bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doimiy vakili Matilda Dimovska bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Onlayn muloqotda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

       Xususan, BMTTD tomonidan elektron hukumat va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, “Raqamli Toshkent” loyihasini birgalikda samarali amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

        Onlayn uchrashuv davomida elektron hukumatni rivojlantirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan marketing va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati