Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining funksiyalari belgilandi
    26.06.2020

    2020 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 409-son Qarori qabul qilindi.

    Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

    Qaror bilan “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining funksiyalari belgilandi.

    Jumladan, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ning asosiy funksiyalaridan biri elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi. Bundan tashqari, axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish, elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlar mikdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirishdan iborat ekanligi belgilandi.

    “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazining asosiy funksiyalaridan biri etib har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash va kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilandi.

    Davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlashdan iboratdir.

    Bundan tashqari, raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish ham belgilandi.

    Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” tashkil etildi.

    “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi”ning asosiy vazifalaridan biri Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda buyurtmachi vazifasini bajarishdan iborat. Shu bilan birga Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish, Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash xamda ularning moddiy-texnik ta’minotini tashkil qiladi.

    Manba: Axborot xizmati