Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar qishloq xo‘jaligini rivojlanishiga katta turtki beradi
    25.06.2020

    “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturida bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

    Joriy yil 28 aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.

    Bugungi kunda ushbu qaror asosida barcha iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Ushbu dasturning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi sohasidir. Bu yo‘nalish bo‘yicha tarmoqni raqamlashtirishga yo‘naltirilgan qator muhim vazifalar qo‘yilgan.

    Mazkur sohaga naqadar muhim va jiddiy e’tibor qaratilganligi joriy yil 28 aprel kuni “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorga asosan agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga ma’sul bo‘lgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimi kiritilganligi ham yaqqoll ko‘rsatmoqda.

    Bu borada Vazirlik tizimida, Agrar sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi.

    Mazkur qaror maqsad va vazifalaridan kelib chiqib “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihaning dolzarbligi o‘ta yuqori bo‘lib, uning amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligining samaradorligini yanada oshiradi.

    Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mazkur yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qadamlar qo‘yildi. Jumladan, Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar xolatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Andijon viloyatining jami 6 ta maydonlari tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. Yer egalari uchun sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holatiga tegishli hulosalar beriladi.

    Bundan tashqari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” magistratura yoʻnalishi ochildi.

    “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini joriy etilishi  mazkur sohada katta hududlarni qamrab olish hisobidan monitoring ishlarining samaradorligini oshirishga, vaqt va pul xarajatlarining keskin kamayishiga yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati