Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Abituriyentlarga tuhfa
    25.06.2020

    Qulaylik

    Abituriyentlarga tuhfa

    Ixtirochi yoshlar imtihon geomanzilini ko‘rsatib beruvchi maxsus mobil ilova ishlab chiqdi

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari 2020-2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini ko‘rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratdi.

    “ImtihonGo” mobil ilovasida Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan 2020/2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan.

    Ilova mualliflari — TATU magistranti G‘ulomjon Nazarov hamda radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Xaliljon Baxtiyorov.

    — Yaratilgan har bir dastur yoki startap insonlarning og‘irini yengil qilishi, jamiyatdagi mavjud vaziyat yoxud muammolarga texnologik yechim bo‘lishi, harakatlarni optimallashtirishi, ortiqcha vaqt, xarajatdan xolos etishi kerak, — deydi loyiha mualliflaridan biri G‘.Nazarov.

    — Biz ham “ImtihonGo” mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abituriyentlarning yaqinda bo‘lishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq yetib borishida ko‘maklashmoqchimiz. Masalan, Samarqand viloyatidagi Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida test sinovlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan. To‘g‘ri, bu manzil shaharlik aholiga yaxshi ma’lum bo‘lishi mumkin, ammo tumanlardan imtihonga keluvchi abituriyentlar uchun uni topishda qiyinchiliklar vujudga kelishi tabiiy. Natijada ko‘plab abituriyentlar manzilni qidirib vaqt yo‘qotishi, ortiqcha chiqim qilishi mumkin. Shuningdek, manzilni qidirib turli odamlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu esa bugungi pandemiya davrida juda xavfli. Shu ma’noda ushbu dastur abituriyentlarning og‘irini yengil qilib, kerakli manzilni tez va oson topishida yordam beradi.

    Ilovaga yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati hamda geomanzillari to‘liq kiritilgan. Biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda o‘zgarish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlarni tez qo‘shib, o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

    — Ushbu dastur Android platformasida yaratilgan bo‘lib, ilovaga Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan imtihon geomanzillarini joylashtirdik va Google Map (Google xaritasi)ga integratsiya qildik, — deydi dasturchi Xaliljon Baxtiyorov. — Test topshirmoqchi bo‘lgan abituriyent o‘ziga kerakli manzilni vizual tanlashi hamda bilvosita xarita orqali imtihon o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan manzilga xaritada ko‘rsatilgan yo‘riqlar orqali borishi mumkin.

    Dasturni juda ham oson va sodda qilib yaratdik. Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor. Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihon topshirish istagidagi abiturentlar uni yuklab olishlari mumkin.

    Sanobar JUMANOVA,

    “Yangi O‘zbekiston” muxbiri

    Manba: Axborot xizmati