Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    24.06.2020

    Visa Humo karta egalari O‘zbekistonda barcha xaridlarni komissiyasiz amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishdi

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan Visa kartalari egalari uchun yangi qulay xizmat taqdim etildi. Endilika ular tovar yoki xizmatni xarid qilgan paytida komissiya to‘lovlaridan ozod etiladi.

    Mazkur xizmat faqatgina Humo milliy to‘lov tizimida ishlaydigan Visa kartalari uchun mavjud. Avvalgi HUMO terminallarida Visa kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun komissiya miqdori 1,5% ni tashkil etar edi.

    Visa kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra oxirgi yil mobaynida Visa kartalarini qabul qilinishi respublika bo‘ylab 2,8 mingdan ziyod bankomatlarda va 185 ming POS-terminallarida joriy qilindi.

     

    IT-Park yangi loyihalarini e’lon qildi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnoloyagiyalari texnologik parki (IT-Park) o‘z saytining yangi versiyasini ishga tushirdi va yangi loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Mazkur loyihalar “Business” yagona platformasida joylashtirildi va quyidagi bloklarni o‘z ichiga oladi:

    Marketplace – O‘zbekiston va xorijda IT-kompaniya va IT-mutaxassislarni keng ommaga tanishtirish uchun mo‘ljallangan blok. Bu yerda IT-kompaniyalar haqida portfolio, IT-mutaxassislarning tarjimai holi joylashtiriladi;

    Frilanserlar – mazkur blok o‘z ichiga mavjud bo‘lgan frilans-platformalarini jamlab, ular orqali mahalliy va xorijiy buyurmatchilar mutaxassisni topishga, frilanserlar esa ish izlashga imkon yaratiladi;

    IT-Park rezidentlari bilan ishlash – IT-Park rezidentlari va ularni safiga qushilmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn servis;

    Tanlovlar bloki – buyurtmalarni joylashtirish uchun blok. Bu yerda buyurtmachilar buyurtma to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirishga, qiziqish bildirayotgan IT-kompaniyalar esa ular bilan hamkorlik o‘rnatish uchun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi. Biznes-hamkorlik G2B (“hukukmat—biznes”), B2B (“biznes—biznes”), B2C (“biznes—iste’molchi”) shakllarida amalga oshirilishi mumkin.

     

    O‘zbekistonda ilk marotaba “aqlli bank” konsepsiyasi taqdim etildi

    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi aksiyadorlik tijorat “Savdogarbank” bilan birgalikda “aqlli bank” konsepsiyasini taqdim etishdi. Mazkur ixtiro bir qator operatsiyalarni amalga oshirishga imkon yaratadi:

    • kartomatda plastik kartani tayyorlash;

    • hisob-kitobini boshqarish;

    • depozit ochish;

    • xalqaro to‘lov o‘tkazamalaridan foydalanish;

    • valyutani ayirboshlash;

    • kredit xizmatlaridan foydalanish;

    • bankka onlayn tarzda murojaat qilish.

    Loyihaning dastlabki qiymati 350 million so‘mga teng. Keyingi bosqichda boshqa banklarni jalb qilingan holda bank xizmatlarning tarkibini kengaytirilishi rejalashtirilgan.

     

    O‘zbekistonda World AI & Data Challenge xalqaro tanlov doirasida onlayn data-hakaton bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda 27-28 iyun kunlari IT Park, Jahon banki, YeXHTning O‘zbekiston loyihalari koordinatori, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ko‘magida World AI & Data Challenge xalqaro tanlov doirasida onlayn data-hakaton o‘tkaziladi!

    World AI & Data Challenge — bu Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi va Jahon banki tashabbusi bilan o‘tkaziladigan global ijtimoiy–iqtisodiy muammolarni yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida hal qilishga qaratilgan xalqaro tanlov hisoblanadi.

    Hakaton 48 soat davomida onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga xalqaro va mintaqaviy darajadagi 40 ga yaqin masalalar taklif etiladi. AI & Data sohasidagi mutaxassislar ikki kun davomida mentorlarga aylanishadi hamda sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishadi. Shuningdek, ishtirokchilarga muammolarni hal qilish gipotezalarini yaratishlariga yordam berishadi, eng yaxshi ishtirokchilarning dasturiy yechimlarini oxiriga yetkazish uchun hamrohlik qiladi.
     

    Onlayn data-hakatonda ishtirok etish uchun, quyidagi ilova orqali  ro‘yxatdan o‘ting: https://leader-id.ru/event/51894/

    Tadbirda r o‘yxatdan o‘tish uchun siz quyidagi saytda profilga ega  bo‘lishingiz kerak: https://leader-id.ru

     

    O‘zbekistonda blokcheyn-texnologiyalarga asoslangan elektron chiptalarni sotish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

    Mazkur tizim 2020 yil 23 maydagi 325-sonliO‘zbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

    Joriy yil 1 iyulga qadar mazkur tizimga to‘rtta madaniy maskanlarni ulash rejalashtirilgan:

    • Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri;

    • O‘zbek milliy drama teatri;

    • Muqimiy nomidagi davlat musiqa teatri;

    • Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati