Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inxa universitetida kirish imtihonlari ilk marotaba onlayn o‘tkazildi
    23.06.2020

    2020 yil 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Inxa universiteta birinchi kirish imtihonlar onlayn rejimida o‘tkazildi. Abituriyentlar imtihonlarni ikkita yo‘nalish: “Logistika” (SOL) va “Kompyuter injiniring” (SOCIE) bo‘yicha topshirishdi.

    Imtihonlar ZOOM dasturi yordamida o‘tkazildi. Imtihon qoidalariga asosan, abituriyentlar bir vaqtda onlayn-imtihonga kirdi va ularga topshiriqlar berildi. Matematika fani bo‘yicha 6 ta savollarni 30 daqiqa ichida yechish topshirig‘i berildi. Vaqt tugashi bilan abituriyentlar javob varaqalarini kuzatuvchilarga ZOOM orqali ko'rsatib, ularni rasmga olib, tekshiruv komissiyaga jo‘natishdi. Javoblarning ikkita variantlari keyinchalik solishtirilib tekshiriladi.

    Ta’kidlash kerakki, imtihonga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 86 foizi ishtirok etdi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati