2020 yil 20 iyun kunidan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Shundan kelib chiqib, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etildi.
☎️ Fuqarolar
71 238-64-97
71 238-64-85
71 238-64-34
71 238-65-17
71 238-65-64
Ushbu telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
2020 yil 22 iyun soat 18-00 holatiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 1784 ta abituriyent onlayn ro‘yxatga olindi.
Call-markaz dushanbadan shanbagacha soat 08:30dan 18:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Ko‘proq maʼlumotni https://tuit.uz/qabul-2020 havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Manba: Axborot xizmati