Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    22.06.2020

    Samsung keng ommaga hamyonbop Galaxy M01s smartfonni chiqaradi

    Hindiston standartlashtirish byurosi (BIS) Samsung kompaniyasining yangi smartfonini ro‘yhatdan o‘tkazdi. Mazkur smartfon bozorga Galaxy M01s nomi bilan chiqariladi. Uning narxi hamyonbop bo‘lib, 100 dollar atrofida sotiladi.

    Hozirda Samsung kompaniyasi yangi tovarni taqdim etish arafasida.

    Galaxy M01s 2,0 GGs tezlikda ishlaydigan sakkizyadroli protsessor, 3Gbayt operativ hotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur smartfon Wi-Fi va LTE adapterlari bilan ham jihozlanadi.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Samsung’ning Galaxy M01 nomli smartfon sotuvga chiqarildi.

     

    Xiaomi yaqin orada ovozli boshqaruviga ega “sichqonchani” taqdim etadi

    Xitoy smartfon bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyalaridan biri — Xiaomi kompaniyasi keng ommaga yangi simsiz texnologiya orqali ishlaydigan “sichqonchani” taqdim etishga tayyor.

    Mazkur qurilma Mi Smart Mouse nomi bilan sotuvga chiqarilib, ovozli boshqarish noyob funksiyaga ega bo‘ladi: optik qurilmaning foydalanuvchilari ovoz orqali matnni terish va boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari Wi-Fi orqali ma’lumotlarni uzaytirish ham mumkin bo‘ladi.

     

    Twitter foydalanuvchilari ovozli xabarlarni qoldirishlari ham mumkin

    Twitter ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ovozli xabarlarni ham qoldirishlari mumkun.

    Xabarlar 140 sekundan oshmasa foydalanuvchilarining imkoniyatlarini yanada kengaydi. Ular endilikda faqat qisqa matn xabar bilan cheklanib qolmaydi. Hammamizga ma’’lumki, shu kungacha Twitter’dagi xabar uzunligi 240 belgi bilan cheklanar edi.

    Mazkur yangilik, o‘z navbatida, foydalanuvchilar uchun vaqtni tejashga yordam beradi, ayniqsa xarakati cheklangan shaxslar uchun qulaylik yaratadi.

    Mazkur xizmat faqat test rejimida ishga tushurilgan bo‘lib, iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga mo‘ljallangan. Android-qurilmalari uchun qachon mazkur funksiya ishga tushirilishi hali ma’lum emas.

    Hozirda foydalanuvchilar faqatgina audioxabarlarni o‘z Twitter sahifasida qoldirishlari mumkin. Ularni qaytadan jo‘natish va tahrir qilish imkoni mavjud emas.

     

    Adobe smartfonlar uchun tasvirlar ustidan ishlashni imkon beradigan Photoshop Camera nomli dasturni rasmiy e’lon qildi

    Adobe kompaniyasi Photoshop Camera nomli mobil dasturni rasmiy e’lon qildi. Mazkur dastur foydalanuvchilarning estetik qarashlariga nisbatan fotorasmlarning sifatini oshirishga va ularni ustidan ishlashga imkon beradi.

    Yangi dasturda 80 dan ortiq turli filtrlar mavjud bo‘lib, ular yordamida mobil qurilmada fotorasmlarga o‘zgartirish kiritish mumkin. Bundan tashqari, dastur fotorasmlarni vizual tahlil qilib, eng yaxshi variantlarni foydalanuvchiga tanlashga imkon beradi.

    Hozirda Photoshop Camera dasturini App Store va Google Play orqali yuklasa bo‘ladi.

     

    Smartfon va planshetlar o‘yinlari bozori $100 mlrd. ni tashkil etishi mumkin

    ResearchAndMarkets.com kompaniyasi smartfon va planshetlar o‘yin jahon bozori bo‘yicha COVID-19 pandemiyasi ta’sirini inobatga olgan holda 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan dastlabki tahlilni taqdim etgan.

    Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi sababli izolyatsiya davrida smartfon va planshet o‘yinlariga bo‘lgan talab keskin oshdi. Bu holda uning hajmi ham yetarli darajada o‘sishi mumkin. 2019 yilda $58,3 mlrd. bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda $97 mlrd. bo‘lishi kutilmoqda. 2023 yilga qadar mazkur ko‘rsatqich $130,7 mlrd. ga teng bo‘lishi kutilmoqda.

    Bundan tashqari, mazkur bozorning ijobiy o‘sishiga yangi texnologiyalar bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Kengaytirilgan va virtual reallik texnologiyalari o‘yin ixtirochilar uchun yangi imkoniyat ochib bermoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati