Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish xizmati joriy qilindi
    20.06.2020

    Bugun 2020 yil 20 iyun kunidan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

    Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn shaklda hujjat topshirishlari uchun “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati joriy qilindi.

    Manba: Axborot xizmati