Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nanodegree granti gʻoliblari aniqlandi
    17.06.2020

    Nanodegree granti yakuniy imtihonga 500 nafardan ziyod kishi roʻyxatdan o‘tib, jami 413 kishi imtihon topshirdi. Ulardan 155 tasi (70 balldan ortiq jamlaganlar) final bosqichiga yoʻllanmani qo‘lqa kiritishdi. Oxirida TOP-50 talikka kirgan ishtirokchilar saralanib, Udacity granti gʻolibi boʻldi.

    Udacity Nanodegree granti o‘zi nima? Udacity Nanodegree “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida bepul tarzda oʻqishni davom etish ajoyib imkoniyatidir. Udacity dasturi doirasidagi Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va uni muvaffaqqiyatli yakunlaganlar nanodiplomini (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

    One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchi”) — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy  maxsus onlayn-portal orqali  IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

    Mazkur loyiha  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda Udacity.com xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

    Gʻoliblar roʻyxati bilan ham tanishishingiz mumkin:Nanodegree Winners List.

    Manba: Axborot xizmati