Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Tadbirkorlar uchun E-tijorat bo‘yicha bepul kurs tashkil qilinmoqda
    15.06.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-Park bilan hamkorlikda elektron tijorat bo‘yicha bepul kurs tashkil qilinmoqda.

    Bu kurs nima uchun kerak? Loyihaning maqsadi tadbirkorlar onlayn-savdo bo‘yicha ko‘rsatkichlarning o’sishini ta’minlash. Kurs doirasida olingan bilim va ko‘nikmalaridan tadbirkorlar keyinchalik o‘z biznesini rivojlantirish va kengaytirish maqsadida foydalanishlari mumkin.

    Kursga mahalliy electron tijorat bozorining yetakchi va muvaffaqiyatli IT-loyihalarida rahbarlik qilayotgan ekspertlar jalb qilingan:

    • Aziz AxrorovShoptextile.uz;
    • Bobir Nurmuxammedov Vendoo Uzbekistan;
    • Dilya AlimovaOsto.uz;
    • Zohid UlmasbayevLeBazar;
    • Shasimova DilnavoCamelot Toshkent;
    • Gayrat XasbiulinOcto.uz;
    • Azamat AbdullaevFargo;
    • Artur Tupiev5×10.ru;
    • Akmal PayzievExpress24.

    Shuningdek, boshqa mamlakatlarning elektron tijorat mutaxassislari ham jalb qilingan.

    Trening fikr-mulohazalar bilan vebinar shaklida o’tkaziladi, unda ishtirokchilar savollar berishni va o‘qituvchilar bilan muloqot qilishlari mumkin. Amaliy mashg’ulotlar va oflayn ko‘rish imkoniyatiga ega video-ma’ruzalar kurs dasturiga kiritilgan!

    Kurs oxirida olingan ko’nikmalar va bilimlar:

    • Maqsadli auditoriyani tahlil qilish;
    • Talab va raqobatchilikni baholash;
    • Elektron tijoratning huquqiy asoslari;
    • Elektron tijoratda asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar;
    • Trafikni jalb qilish kanallarini baholash;
    • Tovarlarni bozorlarga chiqarish va savdolarga yo‘l berish.

    Kurs tinglovchilari shuningdek onlayn-do‘kon yaratish uchun mos platformani tanlash, strategiyani ishlab chiqish, moliyaviy modelni tuzish, logistika tashkil qilish, onlayn-savdoni ishga tushirishni o‘rganishadi.

    Kurslarga ro‘yhatdan o‘tish uchun quyidagi havola orqali o’ting: http://epark.uz/

    Manba: Axborot xizmati