Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-xabarlari
    05.06.2020

    iPhone 13 nusxa ko'rinishi

    Internetda iPhone 13 nusxasining ilk kadrlari tarqatildi


    2020 yil sentyabr oyiga iPhone 12 ning taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, turli internet saytlarida iPhone 13 ning norasmiy kardlari tarqalib ketdi. Mazkur iPhone rusumi faqatgina 2021 yilda keng ommaga chiqarilishi mo‘ljallangan.

    “Mac Otacara” yapon IT-nashriyotining Youtube-kanalida 5,5 dyuym o‘lchamdagi iPhone ning 3D yasalgan dastlabki nusxasining videosi joylashtirildi. Ta’kidlanishicha, bu bo‘lajak iPhone 13 ning ko‘rinishi.

    “Mac Otacara” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, iPhone 13 nusxasi “Alibaba manbalaridan” kelib chiqqan. Mazkur nusxa ixlosmandlar tomonidan mish-mish, tarqalgan maxfiy informatsiya asosida va o‘zlarining fantaziyasiga ko‘ra yaratilgani ham ehtimoldan holi emas.


    IDC: 2020-yil natijalariga ko‘ra jahon bozorida smartfonlar hajmi 11,9% ga pasayishi mumkin

    IDC nufuzli xalqaro kompaniya tadqiqotlariga ko‘ra, smartfonlarning umumiy ta’minlash darajasi 2020-yil natijalariga ko‘ra 11,9 foizga, yoxud 1,2 milliard donaga pasayadi. Global iqtisodiy inqiroz holatiga va odamlarning farovonligiga salbiy ta’sir qiluvchi COVID-19 pandemiyasi asosiy sababchi sifatida ko‘rsatilmoqda.

    Bu holda 2020 yil birinchi yarim yil natijalariga ko‘ra smartfonlarning jahon bozorida sotish hajmi 18,2 foizga pasayadi. Dastlabki inqirozdan oldingi ko‘rsatkichlarga jahon bozori faqatgina 2021-yilda yetib boradi.


    Zoom servisida xavfli zaifliklar topildi

    Cisco Talos axborot xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassislari videokonferentsiya o‘tkazishiga mo‘ljalangan hammabop Zoom servisida ikkita xavfli zaifliklarni aniqlab topishdi. Ularning yordamida jinoyatkor shaxs Zoom orqali guruh muloqotda ishtirok etgan foydalanuvchi kompyuteriga kirish mumkin.

    Zoom kompaniyasi servisning server va foydalanuvchi qismlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritdi. Mazkur zaifliklar Zoom 4.6.12 yangi versiyasida ham bartaraf etildi. Zoom foydalanuvchilariga mazkur servisning yangi versiyani yuklash va yangilanish tavsiyalari berildi.
     

    Sony PlayStation 5 taqdimoti qoldirildi

    Sony korporatsiyasi hozirda AQShda ijtimoiy noroziliklar tufayli 4-iyunga mo‘ljallangan PlayStation 5 o‘yin prostavkaning taqdimotini noaniq muddatga qoldirgan.

    Biz 4-iyunga mo‘jallangan Playstation 5 taqdimotini qoldirishga qarorga keldik. PS5 da o’yinlarini butunjahon ixlosmandlari ko‘rishni istagida bo‘lishlarini inobatga olgan holda ham hozirda shodlik uchun vaqt emas deb fikrga keldik. Muhimroq bo‘lgan ovozlarni payqash uchun biz orqaga bir qadam tashlayapmiz”, deb e‘lon qilindi kompaniyaning rasmiy Twitter-kanalida.

     

    Facebook indoneziyalik Gojek servisiga sarmoya kiritdi

    Gojek servisi 2009-yildan faoliyat ko‘rsatib buyrtma asosida taom yetkazib berishda hamda yo‘lovchilarni skuter orqali tashishda ixtisoslashgan. Bundan oldin Gojek servisiga PayPal ham sarmoya kiritgan edi. Mazkur investitsiyalar Gojek kompaniyasiga o‘z servisni kengaytirishga zamin yaratadi. Hozirgi vaqtda Gojek Indoneziya, Vietnam, Singapur, Tailand va Filippin orollarida xizmat ko‘rsatmoqda. Gojek ning asosiy raqibi — singapurlik Grab kompaniyasidir.

    Mazkur servisga Google, singapurlik Temasek va xitoylik Tencent investitsion kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. Servisning qyimati 10 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Joriy yil mart oyida Gojek kompaniyasi 1,2 milliard dollarni jalb qilishga o‘rindi.

    Indoneziyaning internet-iqtisodyoti Janubiy- Sharkiy Osiyo mintaqasida eng katta va istiqbolli deb baholadani. Bashoratlarga ko'ra 2025 yilga qadar mazkur mamlakatning Internet-bozori hajmi 130 milliard dollarni tashkil etadi.



     

    Manba: Axborot xizmati