Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020-2022 yillarida AKT sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi
    21.05.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llangan Murojaatnomalarida ta‘kidlaganidek, raqamli iqtisodyotni rivojlantirish O‘zbekiston uchun kelgusi yiilarda eng dolzarb va ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

    Yurtimizda 2020 yil “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e‘lon qilingani ham bejiz emas. “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifalarni amalga oshirishni ham ko‘zda tutilgan.

    Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4563-sonli qabul qilingan qarorida Respublikada bir qator yirik investitsiya loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Jumladan, 2020-2022 yil mobaynida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi loyihalarga 676,8 million dollarga teng investitsiyalarini jalb qilinishi rejalashtirilgan. Ya‘ni:

    2020 yilda umumiy qiymati 178,7 million dollar, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 139,2 million dollar, davlat kafolati ostidagi kreditlar – 37,5 million dollar;

    2021 yilda umumiy qiymati 241,7 million dollar, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 171,9 million dollar, davlat kafolati ostidagi kreditlar — 67,7 million dollar.

    2022 yilda esa loyhalarning umumiy qiymati 256,4 million dollarga teng mo‘ljallangan bo‘lsa, shulardan 180,1 million dollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, davlat kafolati ostidagi kreditlar esa 73,1 million dollarni jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

    Ta‘kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq 2020-2022 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 17,6 trillion so‘m bo‘lgan 35 ta ustuvor loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

    Mazkur loyihalarning 44,8 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hisobidan, 33 foiz davlat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati