Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O`zbekiston pochtasi” AJ jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo'lga qo'yildi
    18.05.2020

    O`zbekiston Respublikasida koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo`yicha maxsus komissiyaning 6 maydagi yig`ilish bayoniga asosan joriy yilning 8 may kunidan boshlab, Respublika hududida “Karantin” bo`yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangandi.

    Shu asosda, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta`minlash maqsadida, 15 may sanasidan boshlab mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.

    Shundan kelib  chiqan holda, “O`zbekiston pochtasi” AJ jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo'lga qo'yilganini ma'lum qiladi.

    Manba: Axborot xizmati