Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUchilar onlayn musobaqaning g‘oliblari bo‘lishdi
    12.05.2020

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 26 apreli va 9 may kuni o‘quvchilar, talabalar hamda boshqa talabgor fuqarolar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha respublika miqiyosida onlayn musobaqa tashkil etilgan edi.

    Musobaqaning talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan bosqichida:

    1-o‘rin: Hasanov Husayn Saidjamol o‘g‘li (TATU talabasi) – 8 ta masala

    2-o‘rin: Baltabayev Nazarbek (TATU Urganch filiali talabasi) – 7 ta masala

    3-o‘rin: Ganiyev Asadullo (TATU talabasi) – 6 ta masala

     

    O‘quvchilar o‘rtasida:

    1-o‘rin: Baxriddinov Maqsud Ilhomidin o‘g‘li (TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi) – 5 ta masala

    2-o‘rin: Xo‘jaqulov Dilshodbek Zafar o‘g‘li (Toshkent shahri, aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi) – 4 ta masala

    3-o‘rin: O‘rinov Azimjon Mehmonali o‘g‘li (Namangan viloyati, Namangan shahridagi prezident maktabi) – 3 ta masala

     

    Fuqarolar o‘rtasida:

    1-o‘rin: Hojiyev Sunnatullo (TATU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;

    2-o‘rin: Hasanov Saidjalol Saidjamol o‘g‘li (NamDU o‘qituvchisi) – 7 ta masala;

    3-o‘rin: Xo‘jamurod Murtozaqulov (Toshkent FIDO-BIZNES dasturchisi) – 5 ta masala;

     

    Eslatib o‘tamiz: Musobaqa savollari rossiyalik xalqaro toifadagi hakam Oleg Xristenko tomonidan tuzilgan bo‘lib, g‘oliblarni ham musobaqani bevosita kuzatib borgan ushbu hakam aniqlab bergan, murosasiz kurash esa 5 soat davom etgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati